Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Plug and Play kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z ofisini ochishini e’lon qildi. Bu haqda 24-iyul kuni Astrum IT-akademiyasida bo‘lib o‘tgan har yilgi “IT Park Rewind 2022” konferensiyasida ma’lum bo‘ldi.

Foto: plugandplaytechcenter.com

Kompaniya boshqaruvchi direktori Sasha Karimpur va korporativ hamkorlik bo‘yicha menejer Feliks Lammers konferensiyada nutq so‘zladi. 

Ular yirik startap akseleratori faoliyati, O‘zbekistonda venchur investitsiya bozorini rivojlantirish uchun yaratilgan sharoitlarda startaplarni tanlash va ularga sarmoya kiritish jarayonlari haqida so‘zlab berdi.

O‘zbekiston AKT Vazirligi ko‘magida IT Park va “AloqaVentures” bilan hamkorlikda Toshkentda “Plug and Play” ofisi ochilishi ma’lum bo‘ldi. Ochilish marosimi joriy yilning kuziga rejalashtirilgan.

 

Plug&Play – bu startaplar, korporatsiyalar, venchur kapital firmalari, universitetlar va davlat idoralarini birlashtiradigan yetakchi innovatsion platforma. Kompaniya beshta qit’ada 40 dan ortiq joyda faoliyat yuritadi va shtab-kvartirasi Silikon vodiysida joylashgan.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Kayli Jenner — 25 yoshda: chandig‘i bilan faxrlanadigan, fermer bo‘lishni orzu qiladigan sayyoradagi eng yosh milliarder qiz haqida qiziqarli ma’lumotlar
Sport
Rasman: Mahmud Murodov UFC 280 da jang qiladi
Mahalliy
O‘zbekistonda 13-avgust kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti