Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

O‘zbekistonda frilanserlikni o‘rganish uchun qulay bo‘lgan platforma yaratildi. Bu haqda AKT vazirligi matbuot xizmati xabar berdi

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Frilanserlik sizga hech qanday soliq to‘lovlari va majburiyatlarsiz ishlash, pul topish imkonini beradi, — deyiladi xabarda. 

Endi “myfreelance.uz” platformasidan foydalanib, frilanserlik haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin bo‘ladi. 

Qayd etilishicha, frilans hamjamiyati butun O‘zbekiston bo‘ylab 40 ming nafardan ortiq mustaqil ish bilan band bo‘lgan frilanserlarni birlashtiruvchi tashkilotdir.

“Biz a’zolarimizga imtiyozlar, resurslar va hamjamiyat orqali kuchli qo‘llab-quvvatlash tizimini taqdim etamiz”, — deyiladi “myfreelance.uz” saytida. 

Ma’lum bo‘lishicha platformaga a’zo bo‘lish bepul bo‘lib, unda grafik dizaynerlarda tortib tadbirkorlargacha barcha turdagi frilanserlar faoliyat olib borish imkoniyatiga ega.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Kayli Jenner — 25 yoshda: chandig‘i bilan faxrlanadigan, fermer bo‘lishni orzu qiladigan sayyoradagi eng yosh milliarder qiz haqida qiziqarli ma’lumotlar
Sport
Rasman: Mahmud Murodov UFC 280 da jang qiladi
Mahalliy
O‘zbekistonda 13-avgust kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti