Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

4-avgust kuni Angliya banki AQSH Federal zaxira tizimi va Yevropa Markaziy bankidan so‘ng foiz stavkasini birdaniga 50 ta bazaviy punktga, yiliga 1,75 foizga ko‘tardi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda

Foto: Bloomberg

Bu so‘nggi 27 yil ichida ko‘rsatkichning eng sezilarli o‘sishi bo‘ldi. Shu tarzda regulyator inflyatsiyani jilovlashga harakat qilmoqda, yangi prognozga ko‘ra, to‘rtinchi chorakda narxlar o‘sishi 13,1 foizgacha tezlashadi. 

Britaniya iqtisodiyotining yaqinlashib kelayotgan retsessiyasi fonida stavka ko‘tarildi — Angliya banki joriy yilning so‘nggi choragida retsessiya boshlanishini va 2023-yilda davom etishini kutmoqda.

 

Iyun oyida Buyuk Britaniyada gaz narxining tezlashishi fonida yillik inflyatsiya allaqachon 9,4 foizga yetdi. 

Ikki hafta oldin Angliya banki rahbari Endryu Beyli regulyator qat’iy harakat qilishini aytgan edi.

Angliya Markaziy banki stavka bilan birgalikda 4-avgustda inflyatsiya prognozini oshirdi — bu ko‘rsatkich 2022-yilning to‘rtinchi choragida 13,1 foizni tashkil etadi. 

Narxlarning keyingi o‘sishi sekinlashishi va 2023-yilda 5,5 foizni tashkil qilishi kutilmoqda. 

Ikki yil ichida u 2 foiz maqsadli darajaga tushadi — Angliya banki o‘z prognoziga ko‘ra, inflyatsiya bosimi jahon tovarlari narxlarining barqarorlashuvi fonida asta-sekin zaiflashadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Kayli Jenner — 25 yoshda: chandig‘i bilan faxrlanadigan, fermer bo‘lishni orzu qiladigan sayyoradagi eng yosh milliarder qiz haqida qiziqarli ma’lumotlar
Sport
Rasman: Mahmud Murodov UFC 280 da jang qiladi
Mahalliy
O‘zbekistonda 13-avgust kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti