Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

2022-yil yanvar—iyun oylarida O‘zbekistondagi xodimlarga 82,5 trln so‘mga yaqin ish haqi hisoblangan. Bu haqda Davlat soliq xizmati xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lumotlarga ko‘ra, shu davrda rasman 5,4 mln nafarga yaqin xodimga ish haqi hisoblangan.

Mamlakatda o‘rtacha oylik ish haqi 2,77 mln so‘mni tashkil etmoqda.

Hududlar kesimidagi eng ko‘p o‘rtacha oylik ish haqi Toshkent shahrida qayd etilgan — 4,4 mln so‘m.

Ikkinchi o‘rinda Navoiy viloyati — 3,77 mln so‘m. Uchinchi o‘rinda esa Toshkent viloyati — 2,84 mln so‘m.

Keyingi o‘rinlarda mos ravishda Qoraqalpog‘iston (2,44 mln so‘m), Andijon (2,29 mln so‘m), Buxoro (2,26 mln so‘m), Qashqadaryo (2,11 mln so‘m), Surxondaryo (2,1 mln so‘m), Samarqand (2,09 mln so‘m), Jizzax va Xorazm (2,08 mln so‘m) viloyatlari turibdi.

O‘rtacha oylik ish haqi eng past bo‘lgan viloyatlar uchligiga esa Namangan (2,05 mln so‘m), Sirdaryo (1,98 mln so‘m) va Farg‘ona (1,96 mln so‘m) kiradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Hayot bizni sinovga tashladi”. Sobiq “Ummon” guruhining xonandasi Jasur Rafiqovning saratonga chalingani aytilmoqda
Dunyo
Rossiyada safarbarlikdan bosh tortish bo‘yicha birinchi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Dunyo
Shimoliy Koreya o‘zining raketa sinovlarini AQSH va Janubiy Koreya mashg‘ulotlariga “adolatli javob” deb atadi