Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 14-turidan o‘rin olgan o‘yinda “OKMK” 3-avgust, chorshanba kuni “Metallurg bilan bahs olib bordi.

Foto: PFL

Foto: PFL

Uchrashuvning 33-daqiqasida Damir Temirov hisobni ochdi. 40-daqiqada “OKMK” a’zosi Sardor Rahmonov qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Qolgan daqiqalarda olmaliqliklar bir kishi kam bo‘lib harakat qildi. Temirovning goli uchrashuvda yagonaligicha qoldi va “Metallurg”ga g‘alaba keltirdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Metallurg” ochkolari sonini 16 taga yetkazib, 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “OKMK” esa 21 ochko bilan 6-pog‘onani band etib turibdi.

Superliga

14-tur bahsi

3-avgust, chorshanba

“OKMK” — “Metallurg” 0:1

Gol: 0:1 — 33 Damir Temirov.

“OKMK”: 35. Valijon Rahimov, 2. Akramjon Komilov, 3. Sardor Rahmonov, 5. Anzur Ismoilov, 7. Dilshod Ahmadaliev, 8. Abdulla Abdullayev, 10. Xurshid G‘iyosov, 17. Sanjar Tursunov, 22.Shohruh Gadoyev, 27. Martin Boake, 63. Alisher Jalilov.

“Metallurg”: 87. Akmal Ortiqov, 6. Xudoyshukur Sattorov, 7. Bobur Farhodov, 8. Behruz Shodmonov, 11. Damir Temirov,16. Jasur Xolto‘rayev, 18. Anvarjon G‘ofurov, 22. Shahzodbek G‘ofurbekov, 27. Ixtiyor Toshpo‘latov,  94. Farhod Bekmuratov, 97. Muhammadali Aliqulov.

Ogohlantirishlar: Ixtiyor Toshpo‘latov (44), Jasur Xolto‘raev (45+3), Martin Boakye (50), Akram Komilov (62), Kerim Palich (68), Giorgi Papava (78), Dilshod Ahmadaliyev (89).

Chetlatish: Rahmonov (40).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova