Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi ishchisi ustiga benzin sepib, o‘zini yoqib yuborgani aytilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga zavod ishchilari ma’lum qildi.

Aytilishicha, voqea kecha, 2-avgust kuni tushdan so‘ng ro‘y bergan.

“Sanobar opa aslida Toshloq tumanidagi Yakkatut qishlog‘ida yashaydi. Uning to‘rt nafar qizi bor. Eri ishsiz. Oilada yagona boquvchi bo‘lgani uchun ishdan bo‘shatilgani unga qattiq ta’sir qilgan. Voqea sodir bo‘lgan kuni uning zavodga kirib chiqishiga ruxsat beruvchi ruxsatnomasi ham olib qo‘yilgan ekan. U esa ruxsatnomasini qaytarib berishlarini so‘ragan. Voqealar ruhiyatiga yomon ta’sir qilgan, shekilli, ustiga benzin sepib yoqib yuborgan”, — deydi “Daryo” bilan muloqot qilgan zavod ishchisi.

Qo‘shimcha qilinishicha, ayol yona boshlagach, uni o‘chirishga harakat bo‘lmagan.

“Sababi zavodning kirish joyida o‘t o‘chirish uskunasi ham bo‘lmagan. Hech kim yordam berolmagan. O‘chirolmagan. Sanobar opani 75 foiz kuygan deyishyapti”, — deydi axborot beruvchilar.

Zavod ishchilarining aytishicha, o‘ziga benzin sepib yoqib yuborgan ayol viloyat shifoxonasiga yotqizilgan. “Opaning ayni paytdagi ahvoli bizga noma’lum. Kimdir ahvoli og‘ir, deyapti”, — deydi zavod ishchilari.

Voqea haqida hozircha rasmiy ma’lumot berilmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Kayli Jenner — 25 yoshda: chandig‘i bilan faxrlanadigan, fermer bo‘lishni orzu qiladigan sayyoradagi eng yosh milliarder qiz haqida qiziqarli ma’lumotlar
Sport
Rasman: Mahmud Murodov UFC 280 da jang qiladi
Mahalliy
O‘zbekistonda 13-avgust kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti