Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSH prezidenti Jo Bayden Qo‘shma Shtatlar tomonidan Kobulda “Al-Qoida” terrorchilik tashkiloti yetakchisi Ayman az-Zavohiriyni yo‘q qilish bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiya har tomonlama muvaffaqiyatli bo‘lganini ma’lum qildi.

Foto: WFLA

Foto: WFLA

“Mening buyrug‘im bilan Qo‘shma Shtatlar Kobulga muvaffaqiyatli havo hujumi uyushtirdi va ‘Al-Qoida’ yetakchisi Ayman az-Zavohiriyni yo‘q qildi”, – dedi Bayden.

Baydenning aytishicha, missiya muvaffaqiyatli o‘tgan.

“Uning (az-Zavohiriyning – tahr.) oila a’zolaridan hech kim jabrlanmagan, tinch aholi vakillaridan qurbonlar yo‘q. Operatsiya to‘liq muvaffaqiyatli o‘tganini tasdiqlaganimdan so‘ng bu xabarni e’lon qilyapman”, – deya qo‘shimcha qildi Bayden.

Amerika rahbarining ta’kidlashicha, al-Zavohiriy 2001-yil 11-sentabr hujumlarini rejalashtirishda faol ishtirok etgan, shuningdek, AQSH va boshqa davlat fuqarolari qurbon bo‘lgan boshqa teraktlar tashkilotchisi bo‘lgan.

“Endi adolat qaror topdi va terrorchilarning bu yetakchisi yo‘q qilindi”, – dedi Bayden.

Misrlik al-Zavohiriy Usama bin Lodin 2011-yilda amerikaliklar tomonidan yo‘q qilinganidan keyin “Al-Qoida”ga rahbarlik qilgan. Al-Zavohiriy AQSH razvedka idoralari tomonidan eng faol qidirilayotgan terrorchilar ro‘yxatida bo‘lgan va rasmiy Vashington uning qayerda ekani haqidagi ma’lumot uchun 25 million dollargacha pul mukofoti taklif qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi
Mahalliy
Elektr va gazdan shikoyat qilgan fuqarolarni qamoq bilan “ogohlantirgan” deputat o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozdi
Mahalliy
O‘zbekistonning katta qismida hafta oxiriga borib anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda