Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘ona viloyatida 51 million so‘mlik parfyumeriya tovarlari noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi

Foto: Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi

Qayd etilishicha, boshqarmaning Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari viloyat Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda oldindan olingan ma’lumot asosida tezkor tadbir o‘tkazgan. Tadbir davomida Vodil—Toshloq yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro F.B. boshqaruvidagi Damas kuzatuvga olinib, Toshloq tumani hududida to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgsn.

Foto: Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi

Foto: Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi

Natijada avtomashina saloni va yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, dastlabki qiymati 51 million so‘mdan ziyod 5 turdagi parfyumeriya mahsuloti borligi aniqlangan.

Foto: Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi

Foto: Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi

Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Britaniya hukumati “Vagner”ni terrorchi tashkilot deb e’lon qilmoqchi — The Telegraph
Dunyo
AQSHda xavfli moddalarni olib ketayotgan yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?