Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Angliya Superkubogida “Liverpul” va “Manchester Siti” klublari 30-iyul, shanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Uchrashuvning 21-daqiqasida Muhammad Salohning assistidan so‘ng Trent Aleksander-Arnold hisobni ochdi. Birinchi bo‘limning qolgan qismida darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi. Ikkinchi bo‘limni ham jamoalar hujumkor boshladi. 70-daqiqada Julian Alvares muvozanatni tikladi. 83-daqiqada esa Muhammad Saloh penaltidan unumli foydalanib, mersisaydliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Uchrashuv so‘ngida Darvin Nunyes yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Shu tariqa “Liverpul” Angliya Superkubogiga ega chiqdi. 2021/22-yilgi mavsumda Yurgen Klopp shogirdlari Angliya Kubogida zafar quchgan bo‘lsa, “shaharliklar” Premyer Liga chempionligini qo‘lga kiritgandi.

Angliya Superkubogi—2022

30-iyul, shanba

“Liverpul” — “Manchester Siti” 3:1

Gol: 1:0 – 21 Aleksander-Arnold, 1:1 — 70 Julian Alvares, 2:1 — 83 Muhammad Saloh (penalti), 3:1 — 90+4 Darvin Nunyes.

“Liverpul”: Adrian, Aleksander-Arnold (Elliot, 74), Matip, van Deyk, Robertson, Henderson (Milner, 74), Tiago Alkantara (Nabi Keyta, 85), Fabinyo, Firmino (Nunyes, 59), Saloh (Jons, 90+5), Dias (Fabio Karvalyo, 90).

“Manchester Siti”: Ederson, Uoker, Ake, Ruben Diash, Joau Kanselu, de Bryuyne (Gundo‘g‘an), Bernardu Silva, Rodri, Grilish (Foden, 58), Mahrez (Alvares, 58), Holand.

Ogohlantirishlar: Ruben Diash (83), Darvin Nunyes (90+5).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov