Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar yigit ikki ayolni tepib, kaltaklagani aytilgan videolavhalar tarqaldi. Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, 21-iyul kuni Samarqand tumani “Yangiariq” MFY hududida S.R. (1980-yilda tug‘ilgan), A.B. (1987-yilda tug‘ilgan) hamda I.Sh (1991-yilda tug‘ilgan) va Y.I.lar o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik oqibatida o‘zaro janjal sodir bo‘lgan.

Janjalda S.R. va A.B. ismli fuqarolar I.Sh va Y.I.ni urib, ularga tan jarohati yetkazishgan.

Hodisa joyiga tuman IIB xodimlari chiqib, holat rasmiylashtirilgan. Hozirda Samarqand tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Braziliya va Xitoy o‘rtasida savdoda dollardan voz kechilib, yuanga o‘tildi
Mahalliy
“O‘zgidromet” 1-aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda har uchinchi ayol turmush o‘rtog‘i tomonidan o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilgan deb biladi