Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Seshanba, 26-iyul kuni kechqurun Yevropada gazning spot narxi kub metr uchun 2 200 dollardan oshdi. Bu “Shimoliy oqim”dagi yana bir gaz nasos agregatining to‘xtatilishi fonida sodir bo‘lmoqda.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Seshanba oqshomida ICE Futures birjasida eng yaqin (avgust) TTF fyucherslari narxi 2 244 dollargacha ko‘tarildi.

Bir kun avval savdolar 1 852 dollar darajasida yopilgan va oy boshidan buyon kotirovkalar o‘rtacha 1 720 dollarni tashkil qilgan. Shu tariqa 24 soat ichida spot gaz narxi 400 dollarga oshdi. 

25-iyul kuni “Gazprom” kapital ta’mirlashgacha bo‘lgan vaqt tugaganligi sababli Siyemens gaz turbinali dvigatelining faoliyati to‘xtatganini e’lon qildi. 

Natijada, 27-iyul kuni Moskva vaqti bilan soat 07:00 dan boshlab Portovaya CS’ning kunlik ishlab chiqarish hajmi 33 million kubometrgacha bo‘ladi. Ayni paytda bu ko‘rsatkich kuniga 67 million kub metr va u 40 foizga qisqaradi.

Rystad Energy tadqiqot kompaniyasi tahlilchilarining qayd etishicha, “Shimoliy oqim” orqali yetkazib berishning bunday darajasi bilan Yevropa Ittifoqi uchun 1-noyabrgacha yer osti omborlaridagi gaz zaxiralarining maqsadli darajasi 80 foizga yetishi juda qiyin bo‘ladi. 

Bundan tashqari, tahlilchilar AQSHning Yevropaga LNG (suyultirilgan gaz) yetkazib berishi qiyin kechishi haqida ogohlantirmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Fevralda O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarildi?
Mahalliy
“Toshkent hududiy elektr tarmoqlari” bosh hisobchi o‘rinbosari 15 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi
Sport
O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston terma jamoasi Shomurodovning goli evaziga Boliviyani mag‘lub etdi