Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Millionlab muxlislarning qalbidan joy olgan Bollivud olamidagi ayrim aktyor va aktrisalar bir kinofilmda ikki obrazni gavdalantirgan. Ular ishtirokidagi bu filmlar nafaqat Hindistonda, balki dunyo bo‘ylab sevib tomosha qilinadi.

Shohrux Xon — “Don”, “Qiyofadosh”, “Jumboq”, “Firibgar” kinofilmlari

“Don” kinofilmi 

Triller, romantik va komediya kabi janrlarni birlashtirgan “Don” kinofilmida Shohrux Xon ikki obrazni gavdalantirgan. Rejissor Farxon Axtar tomonidan 2006-yilda suratga olingan filmda aktyor giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruh rahbari va oddiy inson rolini ijro etgan. Filmda politsiya rahbari ularni almashtirib giyohvand moddalar savdosi haqida ma’lumotlarni bilib olmoqchi bo‘ladi. Buning natijasida ko‘plab jinoyatlar fosh bo‘ladi. Aktyor bu ijrosi orqali ko‘plab muxlislarning qalbini zabt etgan.

“Qiyofadosh” kinofilmi

Shohrux Xon ishtirokidagi “Qiyofadosh” filmi aktyorning eng muvaffaqiyatli loyihalaridan biri hisoblanadi. Aktyor filmda bir-biriga umuman o‘xshamaydigan qiyofadoshlar rolini gavdalantirgan. “Qiyofadosh” filmi 1998-yilda suratga olingan va unda Shohrux Xon, Juhi Chavla, Sonali Bendra, Farida Jalol kabi mashhur aktrisa va aktyorlar rol ijro etgan.

“Jumboq” kinokartinasi

Aktyor ijrosidagi navbatdagi “Jumboq” filmida ham ikkita: savdogar va ruh rollarini ijro etgan. Uning birinchi qahramoni savdogar sodda va har doim ishini qo‘ldan boy beruvchi obraz bo‘lsa, ikkinchi obrazi ruh roli murakkab xususiyatlarga ega. Kinofilm suratga olinganiga bir necha yillar bo‘lgan, biroq film hamon sevib tomosha qilinadi. Aktyor filmda Bollivudning mashhur aktrisalaridan biri Rani Mukerji bilan partnyor bo‘lgan.

“Firibgar” filmi

Rejissor Abbas Burmavallaning 1993-yilda suratga olingan “Firibgar” kinofilmida Shohrux Xon ikki obrazda: oddiy inson va firibgar rolini ijro etgan. Filmda u ota-onasi, singlisi uchun qasos olishga harakat qiladi. U buning uchun tashqi ko‘rinishi, ismini o‘zgartiradi va otasining boyligini tortib olgan insonning ikki qizidan qasd olishga harakat qiladi. Uning katta qizini aldab yuradi va keyin uni o‘ldiradi. Qiz vafot etganidan keyin aktyor uning singlisi rolini ijro etgan Kajol bilan turmush quradi. Oradan vaqt o‘tib Shohrux Xonning barcha jinoyatlari fosh bo‘ladi.

Hema Malini — “Zita va Gita” filmi 

Bollivudning dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishgan erishgan aktrisalaridan biri Hema Malini “Zita va Gita” filmida  fe’l-atvor jihatidan bir-biriga o‘xshamaydigan egizaklar rolini ijro etgan. Kinokartinada egizaklar almashib qoladi. Oradan ancha yillar o‘tib tasodifan ular almashib qoladi. Kinofilmdagi ko‘plab sarguzashtlar mana shu jarayondan boshlanadi. Aktrisa birinchi obrazida qat’iyatli, jasur, aqlli qiz rolini ijro etgan bo‘lsa, ikkinchisida qo‘rqoq, zaif qiz rolini gavdalantirgan.

Ritik Roshan “Biz yolg‘iz emasmiz” kinofilmining 3 ta qismi 

Bollivudning ko‘plab muvaffaqiyatli kinofilmlarining rejissyori Rakesh Roshanning o‘g‘li Ritik Roshan “Biz yolg‘iz emasmiz” filmining davomi sifatida suratga olingan “Krish 2”, “Krish 3” kinofilmlarida ikkita rolni ijro etgan. U filmda aqliy nuqsoni bor ota va farzand rolini ijro etgan. Bosh qahramon otasining kompyuteri orqali o‘zga sayyoraliklarga bilmasdan signal yuboradi. Yerga kelgan o‘zga sayyoraliklar ichidan bittasi kosmik kemaga chiqishga ulgurmay qolib ketadi. O‘rmonda adashib qolgan o‘zga sayyoralikni esa yigit ko‘rib qoladi. Uni odamlardan himoya qilish uchun uyiga olib keladi va shundan keyin yigitning hayotida juda ko‘p o‘zgarishlar bo‘ladi. Filmda Ritik Roshan, Priyanka Chopra, Rekha va boshqa aktyorlar ishtirok etgan.

Amir Xon “Tezlik 3” kinokartinasi

Bollivud yulduzi Amir Xon rejissor Vijay Krishna Acharyaning “Tezlik 3” kinofilmida ikki rolni gavdalantirgan. Egizaklar rolini ijro etgan aktyor filmda Bollivudning boshqa yulduzlari: Katrina Kaif, Abhishek Bachchan, Uday Chopra bilan birgalikda ishtirok etgan. Bir-biriga fe’l-atvor jihatidan o‘xshamaydigan egizaklar roli Amir Xonga muvaffaqiyat olib keldi. Film jahonning ko‘plab mamlakatlariga sotildi. Unda bosh qahramon Sahir kichkinaligida otasidan ayriladi. Buning sababi esa ularning sirkini bank tortib oladi. Katta qarzga botgan sirk tortib olinganidan keyin Sahirning otasi o‘z joniga qasd qiladi. Shundan keyin Sahir, unga nima bo‘lishidan qat’iy nazar, bankdan qasos olishga va’da beradi. U maqsadiga erishadi, bankni talon-taroj qiladi, biroq bu yo‘lda egizak ukasini yo‘qotadi.

Rajesh Khanna “Sadoqat” filmi 

“Sadoqat” filmi Rajesh Khanna ishtirok etgan eng yaxshi filmlardan biri hisoblanadi. Film 1969-yilda suratga olingan. “Sadoqat” kinokartinasi onaning bolasiga bo‘lgan cheksiz sevgisi, sadoqati, o‘g‘li uchun umrining ko‘p qismini qamoqda o‘tkazgan ayol hayoti haqidagi film. Rajesh Khanna filmda ota va farzand rolini o‘ynagan. Uchuvchi yigit bir qizni yaxshi ko‘rib qoladi va u to‘yi arafasida urushga ketib halok bo‘ladi. Oradan vaqt o‘tib uning farzandi dunyoga keladi. Qiz esa farzandini bolalar uyiga topshiradi va ketadi. Bolasini qaytib olishga borganda esa bolalar uyidagi xodimlar unga o‘g‘lini boshqa oila boqib olganini aytadi. U esa o‘sha uyga boradi va xizmatkor bo‘lib ishlaydi. Uy bekasining ukasi unga yomon munosabatda bo‘ladi va buni uning o‘g‘li ko‘rib qoladi. Bola yigitga pichoq sanchadi va u vafot etadi. Ayol barcha ayblarni bo‘yniga oladi va qamaladi. Qamoqdan chiqqandan keyin u taqdir taqozosi bilan yana o‘g‘li bilan uchrashadi.

Rekha “Qasos o‘ti” kinokartinasi

Yoshi 70 ga yaqinlashgan bo‘lsa ham turmush qurmagan aktrisa Rekha ishtirokidagi ushbu film o‘z davrida yuqori reytinglarni zabt etgan. Filmda u turmush o‘rtog‘ining vafotida so‘ng ikki farzandini tarbiyalayotgan ayol rolini ijro etadi. Rekhani yaxshi ko‘rib qolgandek tutgan yigit uning boyliklariga ega chiqmoqchi bo‘ladi. Aslida bu yigit Rekhani o‘ldirib, uning barcha narsalariga egalik qilishni va aktrisaning eng yaqin dugonasi bilan turmush qurishni rejalashtiradi. Yigit Rekha va uning dugonasi bilan sayohatga chiqadi va ko‘lda timsohni ko‘rib uni itarib yuboradi. Qiz taqdir taqozosi bilan tirik qoladi va hushiga kelib qaragach yuzida katta shiramni ko‘radi. Qasos o‘ti bilan yongan Rekha yuzini plastik operatsiya qildiradi va unga yomonlik qilgan dugonasi, yigitdan qasd oladi.

Amitabh Bachchan “Shahanshoh” kinofilmi 

Amitabh Bachchan ishtirokidagi “Shahanshoh” kinofilmi 1988-yilda suratga olingan. Unda aktyor ikki obrazni: oddiy politsiyachi va insonlarga yordam beradigan qahramon rolini ijro etgan. Ushbu filmdagi qahramonlarning ham fe’l-atvori bir-biridan farq qiladi. Ijodiy faoliyati davomida 14 ta filmda bir nechta obrazlarni gavdalantirgan Amitabh Bachchanning ushbu filmi unga muvaffaqiyat va shon-shuhrat olib keldi.

Kajol “Egizaklar” filmi 

Bollivud yulduzi Kajol “Egizaklar” filmida ikkita obrazni gavdalantirgan. Filmda Kajol, Sunill Shetti va boshqa aktyorlar ishtirok etgan. Kinokartina 2001 yilda suratga olingan. Filmning qahramoni egizak opa-singillar Tina va Sviti ochko‘z qarindoshlaridan ajralib turadi. Bir necha yil o‘tgach qizlar tasodifan uchrashib, bir-biriga o‘xshashligidan hayratga tushadi, bunda qanaqadir sir borligini aniqlashga qaror qiladi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?