Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukrainaning “Meridian” aviakompaniyasiga tegishli An-12 yuk tashuvchi samolyoti 16-iyul kuni kechqurun Gretsiya shimolidagi Kavala shahri yaqinida halokatga uchradi, deya xabar bermoqda Associated Press mahalliy hokimiyatga tayanib.

Samolyot Serbiyadan Iordaniyaga uchayotgan edi. Halokatdan sal avval uchuvchi mahalliy aviadispetcherlarga dvigatellardan birida muammo borligi haqida ma’lum qilgan va favqulodda qo‘nishni so‘ragan. Samolyot halokatga uchragunga qadar mahalliy aholi osmonda olovli sharni ko‘rgan. Samolyot aerodromdan 40 kilometr uzoqlikda qulagan, deya xabar beradi Gretsiya fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi.

“Katimerini” gazetasining manbalarga tayanib, yozishicha, bortda sakkiz nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, samolyotda 12 tonna “xavfli materiallar” bo‘lgan — ular portlovchi modda ekani taxmin qilinmoqda.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, halokatdan keyin ikki soat davomida portlash ovozlari eshitilib turgan. Halokat sodir bo‘lgan joyga eng yaqin aholi punktlarida yashovchilardan tuni bilan uylarining derazalarini ochmaslik, ko‘chaga chiqmaslik va niqob taqish so‘ralgan. Rasmiylar samolyotda xavfli kimyoviy moddalar bo‘lgan-bo‘lmaganini bilmaydi. O‘t o‘chirish bo‘limi halokat sodir bo‘lgan hududni o‘rab olgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank