Polsha Milliy xotira instituti Ikkinchi jahon urushi davriga oid ikkita ommaviy qabrni topdi.
Tashkilot rahbari Karol Navrotskining matbuot anjumanida aytishicha, qabrlar Varshava shimolidagi sobiq “Dziyaldovo” konslageri (“Zoldau” ham deb ataladi) yaqinidagi o‘rmonda topilgan.
Mutaxassislarning aytishicha, ommaviy qabrlarda kamida sakkiz ming kishining jasadi bor. Mutaxassislar jami 17 tonnadan ortiq xok topilganiga qarab shunday xulosaga kelmoqda.
Institut xodimlari yaqin o‘rmonlarda yana boshqa ommaviy qabrlarni topish mumkinligiga ishonmoqda.
“Dziyaldovo” konslageri 1939-yilda qurilgan va undan butun natsistlar istilosi davrida foydalanilgan. Taxminlarga ko‘ra, u yerda 30 minggacha odam halok bo‘lgan. 2019-yilda Milliy xotira instituti konslagerda halok bo‘lganlarning aniq sonini aniqlash maqsadida tergov boshladi. 1944-yilning bahorida natsistlar qirg‘in izlarini yashirish uchun marhumlarning qoldiqlarini qazib olib, so‘ng yoqib yuborgani uchun qabrlarni qidirish murakkablashgan.
Izoh (0)