Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yevropa Osiyoni ortda qoldirib, Amerika neftining eng yirik xaridoriga aylandi, deb xabar bermoqda Bloomberg.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

AQSH Savdo vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar—may oylarida Yevropa 213,1 mln barrel, Osiyo 191,1 mln barrel neft sotib olgan. 

Yevropa Rossiya energetikasiga qaramligini kamaytirishga va AQSH neftiga o‘tishga harakat qilar ekan, savdo oqimlarining hozirgi sxemasi davom etishi mumkin, dedi Energy Aspects neft tahlilchisi Kristofer Xeyns. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH ishlab chiqarishi o‘sib bormoqda, lekin Osiyo va Yevropa ehtiyojlarini qondira oladigan darajada tez emas. 

Bundan tashqari, Yaqin Sharq ishlab chiqarish va Yevropaga yetkazib berishni ko‘paytirish imkoniyati cheklangan ko‘rinadi.

“Barcha e’tibor OPEK kelgusi yilda ishlab chiqarish quvvatini oshira oladimi yoki bozor ulushini ko‘paytira oladimi, degan savolga qaratiladi”, — deydi tahlilchi Elizabet Merfi.

Londonning ICE Futures birjasida Brent markali neftning sentabr fyucherslari juma kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:35 ga kelib 0,6 foizga oshib, bir barrel uchun 99,71 dollarni tashkil qildi. 

Nyu-York tovar birjasining (NYMEX) elektron savdolarida avgust oyidagi WTI nefti fyucherslari kotirovkalari 0,3 foizga oshib, bir barreli uchun 96,04 dollarni tashkil qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Prava”ni yangisiga almashtirib beradigan onlayn xizmat faoliyatida nosozlik kuzatilmoqda
Mahalliy
O‘zbekistonda gaz zapravkalar qayta ochilishi kutilmoqda
Dunyo
Rossiya Belarusga yangi harbiy qismlar joylashtirdi — Ukraina chegara xizmati