Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xitoyning Uxan universitetida vabo (xolera) bilan kasallanish bo‘yicha bitta holat aniqlandi, bemor kasalxonaga yotqizilgach, uning ahvoli barqarorlashdi, infeksiya simptomlari o‘tib ketdi, deb yozadi “RBK” Uxan tumani sog‘liqni saqlash boshqarmasiga tayanib.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Muassasa xabariga ko‘ra, bemor diareya, qayt qilish va isitmadan shikoyat qilgan. Mahalliy hukumat bemorning yaqinlarini testdan o‘tkazgan va u bo‘lgan joylarni tekshirgan, biroq infeksiya yuqishi bilan bog‘liq boshqa holatlar aniqlanmagan.

Sohu portal qayd etishicha, vabo muhandislik fakulteti aspirantida aniqlangan, uchta yotoqxonadan 254 nafar talab ava 15 nafar sotuvchidan tahlil uchun namunalar olingan. U ikki xonadoshi hamda birgalikda ovqatlangan yana bir kishi bilan yaqin muloqotda bo‘lgan, ular karantinga joylashtirilgan.

Tadqiqotchilar hisob-kitoblariga ko‘ra, dunyoda har yili 1,3 milliondan 4 milliongacha vabo bilan kasallanish holati va 21—143 mingta o‘lim holati aniqlanadi. Agar davolanmasa, kasallik bemorning bir necha soat ichidagi o‘limi bilan tugaydi, deb ogohlantiradi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti. Kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriya tushgan ovqat va suv orqali tarqaladi hamda kuchli diareya va suvsizlikni keltirib chiqaradi.

Xitoyda vabo eng yuqori, A sinfidagi kasalliklarga kiradi (o‘lat ham shu guruhga taalluqli). O‘tgan yili Xitoyda o‘lat bilan kasallanish bo‘yicha bitta, vabo bilan esa beshta holat aniqlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni partiya kotibi bilan uchrashdi
Turkmaniston
Turkmaniston Arqadag‘ shahri loyihasini BMT Bosh assambleyasida taqdim etadi
Dunyo
Fransiya prezidentini ijtimoiy tarmoqda haqorat qilgan ayol hibsga olindi