• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Sindzo Abening o‘ldirilishi: Yaponiya politsiyasi sobiq bosh vazir xavfsizligini ta’minlashda kamchiliklar bo‘lganini tan oldi

    Yaponiya politsiyasi 8-iyul, juma kuni Nara shahrida otib tashlangan Yaponiya sobiq bosh vaziri Sindzo Abening xavfsizligini ta’minlashda kamchiliklar bo‘lganini tan oldi. Bu haqda BBC yozmoqda.

    Narada qotillik yuz bergan joy

    Narada qotillik yuz bergan joy
    Foto: EPA

    “Xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar bo‘lganini rad etib bo‘lmaydi”, — dedi Nara politsiyasi boshlig‘i Tomoaki Onidzuka.

    Abe siyosiy kampaniya tadbiri chog‘ida o‘qqa tutildi, bu jinoyat Yaponiyani chuqur larzaga soldi.

    Politsiya xabariga ko‘ra, jinoyatda gumonlanuvchi, 41 yoshli Tetsuya Yamagami “ma’lum bir tashkilot”ga nisbatan alamzada bo‘lgan.

    Yaponiya OAVlari tergovga yaqin manbalariga tayanib yozishicha, Yamagami Abeni allaqanday diniy guruhga aloqador deb hisoblagan, uning onasi ushbu guruh tufayli, moliyaviy jihatdan vayron bo‘lgan.

    Gumonlanuvchi Abega qo‘lbola to‘pponchadan o‘z uzganini tan olgan.

    “Nima sodir bo‘lganini aniqlash uchun zudlik bilan puxta tekshiruv o‘tkazishimiz kerak”, — dedi politsiya boshlig‘i Onidzuka aynan qanday kamchiliklarni ko‘rganiga aniqlik kiritmasdan. U jurnalistlar bilan muloqot qilayotib, ko‘z yoshlarini bazo‘r tiyib turgan.

    Yamagami politsiyaga ma’lum qilishicha, uch yil Yaponiya harbiy-dengiz kuchlarida, O‘z-o‘zini mudofaa qilish dengiz kuchlarida xizmat qilgan. Yaqinda esa Yaponiya g‘arbidagi fabrikada ishlagan.

    Abe Yaponiyaga hammadan ko‘proq bosh vazirlik qildi va 67 yoshida vafot etdi. U 10-iyul, yakshanba kuniga belgilangan parlament yuqori palatasiga saylovlar arafasida Liberal-demokratik partiya uchun kampaniya o‘tkazayotgan edi.

    Amaldagi bosh vazir Fumio Kisida (u ham liberal-demokratik partiya a’zosi) “tili kalimaga kelmay qolgani”ni aytdi va yapon demokratiyasi “hech qachon zo‘ravonlikka taslim bo‘lmaydi” deb va’da berdi.

    O‘qotar qurol qo‘llagan holda zo‘ravonlik sodir etish Yaponiyada juda kamdan-kam kuzatiladi, u yerda o‘qotar qurol taqiqlangan, siyosiy zo‘ravonlik holatlari esa deyarli uchramaydi.

    Sindzo Abe jasadi ortilgan katafalk uning Tokiodagi qarorgohiga yetib kelmoqda. 2022-yil 9-iyul

    Sindzo Abe jasadi ortilgan katafalk uning Tokiodagi qarorgohiga yetib kelmoqda. 2022-yil 9-iyul
    Foto: Getty Images

    Politsiya Abe nima sababdan nishonga aylangani va uning qotili yolg‘iz bo‘lgan-bo‘lmaganini aniqlashtirmoqda.

    Abe orqa tomonidan o‘qqa tutilgan paytida chorrahada turib siyosiy nomzod nomidan nutq so‘zlayotgan edi. Fotosuratlarda voqeadan bir necha soniyalar avval gumonlanuvchi Abening yonida turganini ko‘rish mumkin.

    Guvohlar katta to‘pponcha ko‘targan odam Abedan bir necha metr masofada harakatlangani va unga ikki marta o‘q uzganini tasvirlab berdi. Sobiq bosh vazir yerga yiqilgan, o‘tkinchilar esa qo‘rquvdan baqirib yuborgan.

    Xavfsizlik kuchlari o‘qotarga tashlandi, u esa qochishga ham urinmadi.

    Abeni o‘ldirgan qo‘shog‘iz qurol metal va yog‘ochdan qo‘pol qilib yasalib, mustahkam qora izolenta bilan o‘rab tashlangan.

    Keyinroq gumonlanuvchining uyidan yana bir nechta qo‘lbola to‘pponcha va portlovchi moddalar topildi.

    Abe bo‘ynidan yaralandi va vertolyotda kasalxonaga olib ketilayotgan paytda kuchli qon yo‘qotayotgan edi.

    Xabarlarga ko‘ra, hujumdan keyin bir necha daqiqa davomida uning hushi joyida bo‘lgan, ammo uni davolashga o‘tkazishganida, hayot belgilari aniqlanmagan.

    Tibbiyot xodimlari uni qutqarish uchun bir necha soat ter to‘kkan, ammo 8-iyul kuni mahalliy vaqt bilan 17:03 da (Toshkent vaqti bilan 13:03) u vafot etgan deb e’lon qilindi.

    Otishma sodir etganidan keyin gumonlanuvchi politsiya xodimiga to‘qnash keldi

    Otishma sodir etganidan keyin gumonlanuvchi politsiya xodimiga to‘qnash keldi
    Foto: Reuters

    Yaponiya ijtimoiy tarmoqlarida “Biz zo‘ravonlikni emas, demokratiyani xohlaymiz” xeshtegi butun 8-iyul kuni  trendda bo‘ldi, ko‘plab foydalanuvchilar ushbu hodisa yuzasidan o‘z dahshati va nafratini bildirdi.

    2014-yilda Yaponiyada o‘qotar quroldan o‘lim holatlari bor-yo‘g‘i oltita bo‘lgan, taqqoslash uchun, AQSHda — 33 599 ta. Qurol sotib olish uchun odamlar qat’iy tekshiruvdan va ruhiy salomatlik testidan o‘tishi kerak. Hatto u holda ham faqat sochma o‘qli ov miltig‘i (drobovik) va pnevmatik vintovkalarga ruxsat beriladi.

    Mavzuga doir:

    • Yaponiya sobiq bosh vaziri Sindzo Abe suiqasddan so‘ng kasalxonada vafot etdi
    • Sindzo Abega o‘q uzgan shaxs dastlab diniy guruh yetakchisiga hujum qilishni rejalashtirgan
    • Yaponiyani ikki marta va eng uzoq muddat boshqargan Sindzo Abe kim edi?

    11.07.2022, 14:08   Izoh (0)   20936
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yaponiya hukmron partiyasi parlament yuqori palatasiga saylovlarda g‘olib bo‘ldi

    11.07.2022, 13:28

    Zelenskiy harbiylarga Ukrainaning janubiy hududlarini jang bilan qaytarib olishni buyurdi

    11.07.2022, 12:10

    Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Trass bosh vazir lavozimiga nomzodini qo‘ydi

    11.07.2022, 11:05

    Germaniya Ukrainaga 9 mlrd yevrolik yordam paketi taqdim etilishiga to‘sqinlik qilmoqda — OAV

    11.07.2022, 10:04

    Ispaniyada buqalar bilan o‘tkazilgan poygalarda 22 kishi jarohat oldi (video)

    10.07.2022, 23:39

    Fransiya Rossiya gazidan butunlay voz kechishga tayyorlanmoqda

    10.07.2022, 23:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50

    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

    Reklama | 5 iyul, 19:30

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05

    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!

    Reklama | 5 iyul, 18:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.