Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Davlat test markazi 11-iyul holatiga ko‘ra 2022/2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan (telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazgan) abituriyentlar soni — 532 035 nafarga yetgan. Shundan:

  • ta’lim yo‘nalishlarini tanlaganlar: 372 044 nafar (70 foiz);
  • ta’lim yo‘nalishlarini tanlamaganlar: 159 991 nafar (30 foiz).
Tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritganlar — 344 810 nafar. Shundan:
  • 185 057 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
  • 159 753 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.
Ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:
  • Samarqand viloyati — 45 907 nafar;
  • Toshkent viloyati — 41 268 nafar;
  • Qashqadaryo viloyati — 39 237 nafar;
  • Farg‘ona viloyati — 35 746 nafar;
  • Andijon viloyati — 29 291 nafar;
  • Toshkent shahri — 27 729 nafar;
  • Surxondaryo viloyati — 27 475 nafar;
  • Namangan viloyati — 23 184 nafar;
  • Buxoro viloyati — 22 129 nafar;
  • Jizzax viloyati — 19 756 nafar;
  • Xorazm viloyati — 18 800 nafar;
  • Navoiy viloyati — 16 790 nafar;
  • Sirdaryo viloyati — 14 272 nafar;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 10 460 nafar.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Maktab o‘qituvchilariga “Open budget”da ovoz to‘plash bo‘yicha topshiriq berilayotgani aytilmoqda 
Turkmaniston
Ashxobod tajribasi: odamlar zilziladan emas, balki binolar tufayli halok bo‘ladi
Dunyo
“Tolibon” opium savdosidan olinadigan soliqni bekor qildi. Narkotik modda uchun qancha soliq to‘langan?