Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi bino kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Lot ma’lumotlari “E-auksion” portalida e’lon qilingan.
Lot kimoshdi savdosiga “Ipotekabank” tomonidan qo‘yilgan. 2014-yilda qurilgan bino 3 qavat, 20 ta xonadan iborat.
Yer uchastkasining umumiy maydoni — 0,04 gektar. Binoning maydoni — 325 kvadrat metr. Binoda gaz, elektr ta’minoti va kanalizatsiya tizimi mavjud.
Auksionga qo‘yilgan binoning boshlang‘ich bahosi — 7,3 mlrd so‘m. Arizalar 13-iyul 09:00 ga qadar qabul qilinadi. Savdolar xuddi shu kuni 10:00 da boshlanadi.
Avvalroq Toshkentdagi sobiq harbiy shaharcha binolari 20 mlrd so‘mga auksionga qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.