O‘zbekistonda 6-iyul kuni 94 kishida koronavirus qayd etilib, mamlakatda pandemiya boshidan beri koronavirusga chalingani rasman tasdiqlanganlar soni 241 377 nafarga yetdi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 5 nafari Andijon viloyatida,
- 5 nafari Buxoro viloyatida,
- 9 nafari Jizzax viloyatida,
- 4 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 6 nafari Navoiy viloyatida,
- 5 nafari Namangan viloyatida,
- 8 nafari Samarqand viloyatida,
- 1 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 6 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 9 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 4 nafari Xorazm viloyatida,
- 5 nafari Toshkent viloyatida,
- 21 nafari Toshkent shahrida
Shuningdek, kecha kun davomida 79 kishi: Jizzax viloyatida 4 nafar, Navoiy viloyatida 6 nafar, Namangan viloyatida 13 nafar, Samarqand viloyatida 9 nafar, Farg‘ona viloyatida 18 nafar, Toshkent viloyatida 3 nafar, Toshkent shahrida 26 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 238 442 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.