Davlat xizmatlari agentligi FHDY organlari tomonidan 2021—2022-yil 6 oy davomida qayd etilgan tug‘ilishlar o‘zaro nisbati haqida ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2022-yilning 6 oy davomida FHDY organlari tomonidan respublika bo’yicha 417 812 ta bolaning tug‘ilish qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 22 355 taga ko‘p.
Shular jumlasidan:
- 2022-yilning 6 oyi davomida 216 216 ta o‘g‘il bolalarning tug‘ilishi qayd etilgan bo‘lib, 2021-yilga nisbatan 11 364 taga ko‘paygan.
- 2022-yilning 6 oyi davomida 201 587 ta qiz bolalarning tug‘ilishi qayd etilgan bo‘lib, 2021-yilga nisbatan 10 985 taga ko‘paygan.