Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“PSJ” jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoni iste’foga chiqardi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “PSJ”

Foto: “PSJ”

Parij klubi argentinalik mutaxassis bilan hamkorlik to‘xtatilganini e’lon qildi.

“Klub Maurisio Pochettino va uning xodimlariga qilgan mehnatlari uchun minnatdorchilik bildiradi va ularga kelajakdagi ishlarida omad tilaydi”, — deyiladi “PSJ” bayonotida.

Pochettino 2021-yilning yanvarida “PSJ”ni boshqaruviga kelgan va yozda shartnomasini 2023-yilgacha uzaytirgandi.

Avvalroq “PSJ”ning yangi bosh murabbiyi etib Kristof Galtye e’lon qilinishi haqida xabar berilgandi.

Argentinalik mutaxassis ortda qolgan mavsumda klub bilan Fransiya Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi, shuningdek, mamlakat chempionatida ham g‘olib chiqdi. Chempionlar Ligasida esa jamoa 1/8 finalga qadar yetib bordi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Umrzoqov Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi
Iqtisodiyot
Shayxontohurda eng yuqori: Toshkentda uylarning ijara narxlari ketma-ket ikkinchi oy pasaydi
Mahalliy
O‘zbekistonda majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagoglar ro‘yxati kengaytirildi