“Manchester Yunayted” bir shart bilan portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduni boshqa klubga qo‘yib yuborishga tayyor, deb xabar beradi ESPN.
Manbaga ko‘ra, agar Angliya Premyer Ligasidan tashqarida bo‘lgan klub hujumchining haftasiga 500 ming funt maosh ko‘rsatilgan shartnomasining so‘nggi 12 oyini o‘z bo‘yniga olishga tayyor bo‘lsa, ingliz klubi Ronalduni sotishga tayyor bo‘ladi.
Avvalroq Krishtianu Ronaldu ushbu transfer oynasidayoq klubni tark etish istagini bildirgani va hatto agentdan o‘zi uchun yangi jamoa tanlashni so‘ragani ma’lum qilingandi. Biroq “qizillar” rahbariyati futbolchini qo‘yib yuborishni rejalashtirmayapti va portugaliyalikning yaqin kunlarda jamoaning yig‘iniga qo‘shilishini kutmoqda.
Hozirda matbuotda Ronalduga “Chelsi”ning jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida yozilmoqda.
Ronalduning jamoadan ketmoqchiligiga “Manchester Yunayted”ning Chempionlar Ligasida o‘ynamasligi va rahbariyatning transfer bozorida sust harakat qilayotgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.
Ronaldu 2021/22-yilgi mavsum mankunianliklar safida barcha musobaqalarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Izoh (0)