Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Stiv Jobs vafotidan keyin Prezidentning Ozodlik medali bilan taqdirlanishi haqida Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: EPA

Foto: EPA

AQSh prezidenti Apple asoschisining kompyuter, musiqa va kino sanoati, shuningdek, butun mamlakat rivojiga qo‘shgan bebaho hissasini qayd etishga qaror qildi. Jo Bayden o‘z bayonotida Jobsning ijodkorligi va qarashlari aloqa sohasini o‘zgartirgan va o‘zgartirishda davom etayotgan ixtirolarga olib kelganini aytdi.

Prezidentning Ozodlik medalini topshirish marosimi 2022-yil 7-iyul kuni Oq uyda bo‘lib o‘tadi. Uning doirasida aktor Denzel Vashington ham mukofotlanadi.

Stiv Jobs 1976-yil 1-aprelda Stiv Voznyak bilan birgalikda Apple kompaniyasiga asos solgan. Innovator kompaniyaning bosh direktori va direktorlar kengashi raisi sifatida ishlagan. 1986-yilda Jobs Pixar kompyuter animatsiya studiyasini sotib oldi, uning rivojlanishiga u bir necha bor Apple aksiyalarini sotishdan tushgan shaxsiy pul mablag‘larini kiritdi.

Jobs 2011-yil 5-oktabrda oshqozon osti bezi saratonidan vafot etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Instagram: Ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, onasiga qo‘shni bo‘layotgan Nilufar Usmonova, Ziyodaning volidasiga atalgan syurprizi
Sport
A Seriya. “Roma” Eldor Shomurodov maydonga tushmagan o‘yinda “Inter”ni mag‘lub etdi
Dunyo
Nikaragua hukumati Niderlandiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi