Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekistonda iyul oyining ikkinchi va uchinchi o‘n yilliklarida harorat asosan 35–38 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar qildi.

Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

2022-yilning iyun oyi oxirida O‘zbekiston aholisi kuchli issiqning birinchi to‘lqinini boshdan kechirdi. 25–iyundan boshlab maksimal havo harorati kundan–kunga oshib bordi.

27–28–iyun kunlari shimolda va cho‘l hududlarda, 29–iyunda hududlarning katta qismida issiq maksimal darajaga yetdi. Ushbu kunlarda termometr ustuni kunning ikkini yarimida 40–42 daraja gacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 44–46 daraja gacha ko‘tarildi.

Qizilqumning ayrim hududlarida havo harorati 47 daraja ga yetdi, bu meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun eng yuqori iyun oyi qiymatlariga yaqinlashdi. Xorazm viloyatida, Qoraqalpog‘istonning, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarining ayrim tumanlarida iyun oyi uchun maksimal havo harorati bo‘yicha yangi rekordlar o‘rnatildi.

30–iyunda respublika hududining katta qismida haroratning biroz pasayishi boshlandi va u 1–iyul kunida ham davom etadi. 2–3–iyul kunlari hududning katta qismida harorat yana 40–41 daraja gacha ko‘tariladi. Janubning eng chekka qismida ushbu kunlarda harorat 42–45 daraja oralig‘ida barqaror bo‘ladi.

Keyingi kunlarda esa nisbatan salqin havo kutmoqda. 3–iyulda shimoliy hududlarda, 4–5–iyul kunlari O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha havo harorati yoz fasli uchun 30–33 daraja bo‘lgan qulay qiymatlargacha pasayadi, so‘ng bir necha kun davomida 34–37 daraja, janubda 38–40 daraja atrofidagacha bo‘lishi saqlanib turadi.

Iyul oyining ikkinchi va uchinchi o‘n yilliklarida harorat asosan 35–38 daraja atrofida bo‘lishi, ayrim kunlari ba’zi joylarda 40–42 daraja gacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Iyul oyida yomg‘ir yog‘ish ehtimoli kam, faqat tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda 2–4 kun qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda