• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Hokim joylarda yakkahokim bo‘lmaydi

    Xabaringiz bor, Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi qizg‘in pallaga kirib bormoqda. Qonun loyihasida davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini isloh qilishda joylardagi hokimlar va mahalliy Kengashlar vakolatini ajratish ko‘zda tutilgan. Shundan kelib chiqib, hokimlar bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari Kengashlariga ham boshchilik qilishi haqidagi qoidani Konstitutsiyadan chiqarib tashlash taklif etilgan.

    Mazkur masala ko‘pchilik qatori menda ham ko‘plab savollar yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda. Mazkur taklifning Konstitutsiya darajasida mustahkamlanishi bizga nima beradi? Uning zarurati nimalarda ko‘rinmoqda? Shu va boshqa savollar yuzasidan Toshkent davlat yuridik universiteti kafedra mudiri Bekzod Narimanov bilan suhbatlashdik.

    — Joylarda hokimlar va mahalliy Kengashlar vakolatini ajratish masalasining Konstitutsiyada aks etishi nimani anglatadi? Siz bunga qanday qaraysiz?

    Shuningdek, hokimlar bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari Kengashlariga ham boshchilik qilishi haqidagi qoidani Konstitutsiyadan chiqarib tashlash ham anchadan beri kutilayotgan edi. Mutaxassis sifatida mazkur taklifning mazmun-mohiyatini o‘quvchilarga tushuntirib bersangiz.

    —  Ochig‘ini aytsak, hokim mahalliy kengashga rahbarlik qilishi xuddiki, hokim o‘z qarorlarini mahalliy kengash qo‘li bilan mustahkamlab olayotgandek taassurot uyg‘otardi. Hokim o‘zi rahbarlik qiladigan vakillik organga hisobdorligi ham tushunarsiz va mantiqsiz edi. Mazkur anglashilmovchiliklarga qonuniy yechim berilishini ancha yillardan beri kutib yurgandik.

    Hokimning ham mahalliy kengashlarga, ham mahalliy ijro hokimiyatiga rahbarlik qilishi o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatini ta’minlashga doir demokratik prinsiplariga mos kelmaydi. Amaldagi tizim hokimlar va mahalliy kengashlarning o‘z vazifalarini samarali bajarishiga salbiy ta’sir etmoqda.

    Prezidentimiz o‘z Murojaatnomasida hokimliklarda qariyb 300 ta vazifa va funksiya mavjudligi, ularning 175 tasi ularga xos emasligi va boshqa idoralar funksiyalarini takrorlashi, bu esa ularning faoliyati yetarli darajada samarali emasligi va ortiqcha qog‘ozbozliklar mavjudligidan dalolat berishini ta’kidlagan edi.

    Kengashlarning vakolatlarini kengaytirishning ahamiyatli jihati shundaki, xalqimiz o‘z vakillari, ya’ni deputatlar orqali mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini nafaqat kuzatib, balki nazorat qilib boradi. Ijro hokimiyati organlarining vakillik organlari oldidagi mas’uliyati va hisobdorligini oshirish hokimiyatning ijro bo‘g‘ini demokratik darajasini aniqlab beruvchi O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ma’muriy islohotlarning muhim yo‘nalishi hisoblanadi.

    Bu islohotning joriy etilishi hokimiyat vakolatlarini bo‘linish prinsipini mahalliy darajada tatbiq etishga, mahalliy kengashlar faoliyati samaradorligini, hokimlarning xalq vakillari oldidagi mas’uliyatini oshirishga olib keladi. Hududlarda xalq manfaatlarini to‘liq ta’minlashga, hokimliklar faoliyati ustidan Kengashlar va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.

    Bundan tashqari, hokimlar bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari Kengashlariga ham boshchilik qilishi haqidagi qoidaning Konstitutsiyadan chiqarib tashlanishi hokimiyatning tiyib turilishi qoidasiga to‘liq mos keladi, hokimning mahalliy Kengash oldidagi hisoboti ham, istiqboldagi vazifalari ham xalq vakillari deputatlar tomonidan hech qanday bosimsiz erkin muhokama qilinadi, xolis baholanadi.

    Ta’kidlash lozimki, mahalliy darajada ijro va vakillik organining alohida tarzda tashkil etilishi va boshqarilishi xorijiy mamlakatlar amaliyotida ham uchraydi. Masalan, Fransiya Respublikasida har bir hududiy birlik iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik masalalar uchun mas’ul bo‘lgan va mahalliy xarajatlarni nazorat qiluvchi tanlangan Kengash (1986-yildan beri to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylovlar orqali saylanadi) tomonidan boshqariladi. Mahalliy ijro hokimiyati Prezident tomonidan tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan eng yuqori ijro etuvchi mansabdor shaxs – prefekt tomonidan boshqariladi.

    Xulosa sifatida aytish mumkinki, joylarda hokimlar va mahalliy Kengashlar vakolatini ajratish hamda hokimlar bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari Kengashlariga ham boshchilik qilishi haqidagi qoidani Konstitutsiyadan chiqarib tashlash hokimiyatning o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatini ta’minlash prinsipiga to‘liq mos keladi.

    Ma’lumot sheriklik huquqi asosida tayyorlandi

    30.06.2022, 16:30   Izoh (0)   19441
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Gulnora Karimovaga tegishli Gonkongdagi hashamatli pentxaus 68,4 mln dollarga sotilgan – OAV

    30.06.2022, 16:30

    “Ozodlik” radiosi bilan hamkorlik qilish uchun shartlarimizni aytdik — Senat raisi Tanzila Norboyeva

    30.06.2022, 16:06

    Qoraqalpog‘istonda YHXBning so‘kong‘ich mansabdori ishdan olindi

    30.06.2022, 15:59

    O‘zbekistonda yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartibi belgilandi

    30.06.2022, 15:07

    Samarqandda YPX xodimlari qarshilik ko‘rsatgan haydovchiga elektroshoker qo‘lladi

    30.06.2022, 14:41

    Buxoro shahridagi markaziy dehqon bozorida yong‘in sodir bo‘ldi (foto)     

    30.06.2022, 14:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09
    Audio Icon

    Otib ketilgan yoki zaharlangan – XXI asrda Rossiyada shubhali tarzda halok bo‘lgan yoki o‘ldirilgan taniqli shaxslar

    13 avgust, 11:35

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijon aeroportida xalqaro reyslarni qabul qilish tiklandi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 12:04

    Meksika kartellarga aloqador 26 nafar mahbusni AQSHga ekstraditsiya qildi

    Dunyo | 13 avgust, 11:48

    “Real Madrid” La Liga doirasidagi “Vilyarreal” – “Barselona” uchrashuvi AQSHda o‘tkazilishiga qarshi chiqdi

    Sport | 13 avgust, 11:47

    Otib ketilgan yoki zaharlangan – XXI asrda Rossiyada shubhali tarzda halok bo‘lgan yoki o‘ldirilgan taniqli shaxslar

    Dunyo | 13 avgust, 11:35

    O‘zbekistonda 14-avgustdan havo sezilarli salqinlashadi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 11:08

    Ozarbayjon MDH yig‘ilishida ishtirok etishdan bosh tortdi

    Dunyo | 13 avgust, 10:59

    Soliq qo‘mitasi tadbirkorlardan “texnik xatolik” sabab katta miqdorda pul yechib olgan. Qo‘mita “vaziyat nazoratga olinganini” maʼlum qildi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 10:58
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.