Xarobaga aylangan maqbaralar, 11 zilziladan 8 tasida omon qolgan yagona masjid, vinosi bilan dunyoga tanilgan qishloq — Ozarbayjonning Shamaxa viloyatidan fotogalereya
“Uch bahodir va Shamaxa malikasi” multfilmini biror marta tomosha qilmagan odam kam topilsa kerak. Shamaxa qayerda ekanini bilarmidingiz? Ozarbayjondagi 66 tumandan biri — Shamaxa mamlakat sharqida joylashgan bo‘lib, Quba, Xizi, Qobuston, Hojig‘abul, Aqsu, Ismoilli tumanlari bilan chegaradosh. Bu maskan tarixida o‘n bir marta kuchli zilzila ko‘rgan. Biroq Shirvonning iqtisodiy va ma’muriy poytaxti va Ipak yo‘lidagi muhim shaharlardan bo‘lgani sabab Shamaxa har safar aholi tomonidan qayta tiklangan.
O‘zining Juma masjidi, Pir-Mardakon, Shaxondon qabristoni, Yetti gumbaz maqbaralari, afsonaviy Bug‘urt qal’asi xarobalari, Guliston qal’asi, Kallaxona qishlog‘idagi 8 ta maqbara majmuasi kabi muhim tarixiy obidalari, “Safari park”, “Alpaka Azerbaycan” singari qo‘riqxona, fermalari, Shirvon vino zavodi bilan mashhur Shamaxaga sayohat qilgan “Daryo” fotomuxbiri Dilruh Isomiddinova ushbu sirli va go‘zal viloyatdan fotogalereya tayyorladi.
Izoh (0)