Parij—2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olish maqsadida tashkil etilgan “Olimpik” futbol klubiga yangi rahbar tayinlandi.
Milliy Olimpiya Qo‘mitasi (MOQ) raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Po‘latov “Olimpik” klubi prezidenti sifatida faoliyat olib boradi. Bu haqida MOQ matbuot xizmati ma’lum qildi.
Saken Po‘latov o‘zining “Lokomotiv” klubidagi faoliyati bilan futbol sohasida katta tajribaga ega mutaxassis hisoblanadi. U “temiryo‘lchilar” bilan 3 bor mamlakat chempionligini (2016, 2017, 2018) qo‘lga kiritgan. Shuningdek, yana 3 marta O‘zbekiston Kubogi (2014, 2017,2018) bahslarida g‘alaba qozongan. Jamoa uning boshqaruvida 2016-yil Osiyo Chempionlar Ligasida chorak finalgacha yetib borgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)