• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Osiyoda vaziyat yaxshiroq. Nima uchun ba’zi davlatlarda inflyatsiya nisbatan past?

    Yashash narxi haqida jamoatchilik shov-shuviga duch kelgan siyosatchilar narxlarning ko‘tarilishi global hodisa ekanligini ta’kidlashni yaxshi ko‘radi. The Economist nashri Sharqiy Osiyo inflyatsiyasi haqida so‘z yuritdi.  

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    “Dunyodagi har bir mamlakat bu inflyatsiyadan aziyat chekmoqda”, — dedi prezident Jo Bayden 10-iyun kuni. Amerika 1981-yildan beri eng katta inflyatsiyaga uchramoqda (iste’mol narxlari may oyida o‘tgan yilga nisbatan 8,6 foizga oshdi).

    Fevral oyida Rossiya Ukrainaga bostirib kirgandan so‘ng hamma yerda yonilg‘i, o‘g‘it, don va boshqa mahsulotlar narxi ko‘tarilgani rost. 

    Ammo hamma joyda ham inflyatsiya keskin oshib ketgani yo‘q. Butun dunyodagi 42 ta yirik iqtisodiyotdan sakkiztasida inflyatsiya darajasi hali ham 4 foizdan past. Ushbu sakkizta davlatdan oltitasi Sharqiy yoki Janubi-Sharqiy Osiyoda joylashgan. 

    Bu Sharqiy istisno nima bilan bog‘liq? 

    2018-yildan 2021-yilgacha cho‘chqa grippi avj olgan Xitoyda cho‘chqalar ko‘payishini tushirib yubordi. 

    Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, bu davr ichida Xitoyda 200 mln cho‘chqa yo‘q qilindi. Bu Sharqiy Osiyoda asosiy oziq-ovqat bo‘lgan cho‘chqa go‘shti narxini keskin oshirdi. 

    Keyinchalik narx keskin tushib ketdi. Masalan, Xitoyda cho‘chqa go‘shti narxi may oyiga qadar yil davomida 21 foizdan ko‘proqqa tushdi. 

    Bu iqtisodiyotning boshqa joylarida inflyatsiya bosimini bartaraf etishga yordam berdi. 

     

    Shuningdek, Sharqiy Osiyo, dunyoning boshqa qismlaridan farqli o‘laroq, bug‘doydan ko‘ra ko‘proq guruch iste’mol qiladi. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan keyin guruch narxi 8 foizga, bug‘doy narxi esa 17 foizga oshgan.

    Mintaqadagi boshqa inflyatsiyaga qarshi ta’sir bu — COVID-19. Osiyoning ko‘p davlatlari G‘arbga qaraganda sekinroq va o‘zlari istamagan holda virus bilan yashashga o‘tdi. 

    Masalan, Indoneziya 22-martgacha xalqaro tashriflar uchun karantindan butunlay voz kechmadi. 

    Goldman Sachs banki tomonidan ishlab chiqilgan ijtimoiy cheklovlar indeksiga ko‘ra, Malayziyada sayohat va harakat may oyining boshigacha normal holatga qaytmadi. 

    Xitoy infeksiyalar paydo bo‘lgan joyda odamlarning harakatlanishi va to‘planishiga qattiq cheklovlar qo‘yishda davom etmoqda. 

    Shanxay va boshqa joylarda so‘nggi blokirovkalar iqtisodiyotning tovarlarni yetkazib berish qobiliyatiga ham, iste’molchilarning ularni sotib olishga tayyorligiga ham to‘sqinlik qildi. 

    Talab va taklifning buzilishi nazariy jihatdan narxlarni har qanday tarzda o‘zgartirishi mumkin. Ammo iste’mol xarajatlariga yetkazilgan zarar yanada jiddiy va doimiy bo‘lib tuyuladi. 

    May oyida, Shanxay blokirovkasining ikkinchi oyi, sanoat ishlab chiqarishi 0,7 foizga oshgan bo‘lsa ham, chakana savdo o‘tgan yilga nisbatan deyarli 10 foizga (real ko‘rinishda) kamaydi.

    Sayohatga qo‘yilgan cheklovlar Gonkong va kazinolarini to‘ldirish uchun mehmonlarga tayanadigan Makao iqtisodiyoti uchun halokatli bo‘ldi. 

    Joriy yilning dastlabki uch oyida Makaoning yalpi ichki mahsuloti 2019-yilning xuddi shu oylarida erishilgan hajmning yarmidan kamroq edi. 

    G‘arbda yuqori inflyatsiya ko‘plab iqtisodiy siyosatchilarni tahlikaga solib qo‘ydi. Masalan, Amerikaning Federal zaxira tizimi 15-iyun kuni foiz stavkalarini rejalashtirilganidan tezroq 0,75 foiz punktga oshirishga majbur bo‘ldi. 

    Amerikadagi yuqori foiz stavkalari global kapital oqimlarini jalb qiladi va Osiyo valyutalariga bosim o‘tkazadi. O‘z valyutasini Amerika dollariga bog‘lab qo‘ygan Gonkong va o‘z valyutasini Gonkongga bog‘lagan Makao ham asosiy stavkalarni birdaniga oshirdi. 

     

    JPMorgan Chase banki ma’lumotlariga ko‘ra, Malayziya va Tayvan ham bu yil foiz stavkalarini oshirgan. Asosiy stavkasi 3,5 foiz bo‘lgan Indoneziya ham kelgusi oyda ularni oshirishi prognoz qilinmoqda.

    Malayziya va Indoneziya ham narxlarning oshishiga nisbatan kamroq eksport taqiqini qo‘ydi. Indoneziya palma yog‘ini chet elga sotishni qisqa muddatga taqiqladi va Malayziya tirik tovuqlarni eksport qilish taqiqini saqlab qoldi. 

    Maqsad mamlakatning barcha ta’minotini o‘z xalqi uchun saqlab qolishdir. Ammo narxlarning pasayishi mahalliy fermerlarni ishlab chiqarishni qisqartirishga undasa, siyosat teskari natija berishi mumkin. 

    Ushbu keskinlashuv tendensiyasiga istisnolardan biri Yaponiyadir. 17-iyun kungi yig‘ilishida Yaponiya banki o‘n yillik davlat obligatsiyalarini ularning daromadliligini 0,25 foizdan ko‘p bo‘lmagan darajada ushlab turish uchun zarur bo‘lgan miqdorda sotib olish majburiyatini yana bir bor tasdiqladi. 

    Yapon iyenasi 1998-yildan beri eng past darajaga tushib ketdi. Zaif iyena import narxlarini oshiradi, bu esa Yaponiyadagi inflyatsiyaga hissa qo‘shadi. Agar yuqori inflyatsiya davom etsa, odamlar ko‘proq maosh talab qila boshlaydi. 

    Osiyoning ko‘p qismlarida bunday ish haqi ko‘tarilishi qo‘rquv uyg‘otadi. Ammo Yaponiyada bu siyosatchilar uzoq vaqtdan beri kutayotgan narsadir. 

    Ko‘p yillar davomida zaif talab va narxlarning pasayishidan so‘ng, inflyatsiya kutilmalari xavfli darajada past bo‘lib qoldi, bu esa Yaponiya bankining inqiroz sharoitida iqtisodiyotni jonlantirish va deflyatsiyani oldini olishni qiyinlashtirdi.

    21.06.2022, 19:33   Izoh (0)   14103
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ukrainani qayta tiklash uchun qancha pul kerakligi ma’lum bo‘ldi

    21.06.2022, 19:21

    O‘zbekiston avtomobillarni sotishdan ko‘ra ko‘proq sotib olishda davom etmoqda

    21.06.2022, 18:47

    O‘zbekiston ikki oydan beri oltin sotmaydi. Sababi — past narxlar

    21.06.2022, 17:39

    Osiyo uchun eng yomoni hali oldinda: oziq-ovqat narxlari keskin o‘sib bormoqda

    21.06.2022, 17:19

    Rossiyada ishsizlar soni ortib bormoqda

    21.06.2022, 15:21

    O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasidagi savdo jonlandi

    21.06.2022, 13:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.