May oyida O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasidagi savdo aylanmasi hajmi 9,9 million dollarni tashkil qildi. Bu Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida qayd etildi.
Taqqoslash uchun, aprel oyida u 7,3 million dollarni tashkil qilgan edi.
Savdo jonlanganiga qaramay, umumiy hajm o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 73,6 million dollarga kam.
Natijada Ukraina O‘zbekistonning savdo hamkorlari orasida 19-o‘rinni egalladi. O‘tgan yilning may oyida mamlakat 9-o‘rinda edi.
Bularning barchasini Rossiyaning Ukrainaga fevral oyi oxiridan beri davom etayotgan harbiy harakatlari bilan izohlasa bo‘ladi.
Urush boshlangunga qadar Ukraina O‘zbekistondan, asosan, meva-sabzavot va to‘qimachilik mahsulotlari, azotli va kaliyli o‘g‘itlar, etilen polimerlari, rux xomashyosi va avtomobil xarid qilgan.
Avvalroq BMT Ukraina g‘allasi bo‘yicha muzokaralar to‘xtagani sababli ochlik xavfidan ogohlantirgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)