Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Futbol bo‘yicha U-23 Osiyo Kubogi—2022 musobaqasining finalida O‘zbekiston U-23 va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi.

Foto: O‘FA

Foto: O‘FA

“Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadigan o‘yinga muxlislar chipta xarid qilgan holda kirishi mumkin bo‘ladi. Qayd etilishicha, chiptalar 17-iyun kunidan sotuvga chiqariladi. “Ularning narxi sektorga qarab 100, 50 va 25 ming so‘mdan sotilishi rejalashtirilgan”, — deya yozmoqda PFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev

Chiptalar elektron shaklda sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

Qayd etish kerak, U-23 Osiyo Kubogi—2022 o‘yinlari uchun kirish chiptalari shu vaqtga qadar tekin bo‘lgan edi.

O‘zbekiston U-23 termasining yarim finalda Yaponiyaga qarshi o‘yini stadionda muxlislarsiz o‘tkazildi. Bunga chorak final bahsida Iroqqa qarshi uchrashuvda muxlislarning tartibsizligi sabab bo‘lgandi. OFK bu uchun O‘FAni 50 ming dollar jarima va yarim final o‘yinini muxlislarsiz o‘tkazish jazosini tayinladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-23 va Saudiya Arabistoni U-23 terma jamoalari o‘rtasidagi final bahsi 19-iyun kuni 18:00 da boshlanadi. Uchrashuv “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Ustoz”, “muallim”, “domla”, “professor” — bu so‘zlarning asl ma’nosi nima?
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” safarda mag’lubiyatga uchradi
Mahalliy
“Ikki milliondan ortiq o‘zbekistonlik xorijda mehnat qilib, daromad topmoqda” — Mehnat vaziri