Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha 2022-yilgi U-23 Osiyo Kubogi yarim finalida O‘zbekiston va Yaponiya terma jamoalari 15-iyun, chorshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Foto: O‘FA

Foto: O‘FA

Uchrashuvning 60-daqiqasida Jasurbek Jaloliddinovning uzoqdan bergan zarbasi golga aylandi. 88-daqiqada Husayn Norchayev o‘zbekistonliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Shu tariqa Temur Kapadze shogirdlari final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ikkinchi yarim finalda Saudiya Arabistoni Avstraliya ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘zbekiston U-23 va finalda Saudiya Arabistoni bilan bahs olib boradi. O‘yin 19-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

U-23 Osiyo Kubogi—2022

Yarim final final bahsi

15-iyun, chorshanba

O‘zbekiston U-23 — Yaponiya U-23 2:0

Gollar: 1:0 — 60 Jasurbek Jaloliddinov, 2:0 — 88 Husayn Norchayev.

O‘zbekiston U-23: 12. Vladimir Nazarov, 2. Saidazamat Mirsaidov, 3. Doston Tursunov (6. Jaloliddin Sodiqov, 71), 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 7. Hojimat Erkinov (20. Ruslanbek Jiyanov, 71), 9. Ulug‘bek Hoshimov (14. Abbosbek Fayzullayev, 76), 10. Jasur Jaloliddinov (14. Abbosbek Fayzullayev, 76), 15. Odilbek Abdumajidov, 17. Diyor Xolmatov (Abubakr Rizo Turialiyev, 90+3), 19. Husayn Norchayev, 23. Abdurauf Bo‘riyev.

Yaponiya U-23: 12. Zion Suzuki, 3. Seyya Baba, 6. Daiki Matsuoka (7. Rihito Yamamoto, 58),  8. Joel Chima Fujita, 9.Shota Fujio (Taiki Nakashima, 78), 10. Koki Saito (13. Kein Sato, 58), 11. Mao Hosoya (Kuryu Matsuki, 90), 16. Takashi Uchino (Riku Handa, 78), 17. Hijiri Kato, 18. Yuito Suzuki, 22. Anri Chase.

Ogohlantirishlar:  Yuito Suzuki (10), Koki Saito (32), Shota Fujio (39), Abdurauf Bo‘riyev (63).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi