Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi, deb xabar bermoqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, loyihada manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasiga aniqlik kiritilmoqda.

Unga ko‘ra, manfaatlar to‘qnashuvi davlat tashkiloti xodimining, uning yaqin qarindoshlarining va unga aloqador shaxslarning shaxsiy manfaatlari bilan fuqarolarning, tashkilotning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelgan va kelayotgan yoxud yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat, deya ta’rif berilmoqda.

Davlat tashkiloti xodimlari manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha ko‘rilgan choralar ustidan yuqori turuvchi davlat tashkilotiga, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega ekanligi belgilanmoqda.

Davlat tashkiloti xodimlari mavjud manfaatlar to‘qnashuvida o‘zining ish yurituvidagi hujjatlar bo‘yicha qaror qabul qilinishidan oldin bevosita rahbariga yoki maxsus bo‘linmaga xabar berishi, bundan tashqari, davlat tashkilotining boshqa xodimlari bo‘yicha o‘ziga ma’lum bo‘lgan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabar berishi majburiy etib belgilanmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi etib belgilanmoqda va agentlikka quyidagi vakolatlar berilmoqda:

  • davlat tashkilotlarining manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha davlat tashkilotining faoliyatini o‘rganish;
  • manfaatlar to‘qnashuvi holatlari to‘g‘risidagi xabarnoma, taxmin qilinayotgan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiya hamda manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyaning namunaviy shakllarini tasdiqlash;
  • manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq har qanday holatlar aniqlanganda, bitim, buyruq va boshqa hujjatni bekor qilish to‘g‘risida davlat tashkilotiga taqdimnoma yoki ularni haqiqiy emas deb topish bo‘yicha sudga da’vo kiritish.
Manfaatlar to‘qnashuviga oid talablarni buzganlik uchun:
  • davlat organi xodimlarining manfaatlar to‘qnashuvi haqida xabar bermaganligi uchun – BHMning 3 baravardan 5 baravarigacha miqdorda jarima (takroran bo‘lsa – BHMning 5 baravardan 10 baravarigacha);
  • mansabdor shaxslarning ushbu vaziyatni tartibga solmaganligi uchun – BHMning 5 baravardan 10 baravarigacha miqdorda jarima (takroran bo‘lsa – BHMning 10 baravardan 15 baravarigacha) jazosini belgilash nazarda tutilmoqda.
Bunda ma’muriy bayonnoma tuzish va sudga yuborish vakolati Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga yuklatilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu qonun loyihasi 10-maydan 25-maygacha jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Juliya Roberts o‘zi ovqat pishiradi, bolalarini maktabga olib boradi, itlari bilan sayr qiladi va “Oskar”dan ko‘ra oddiy hayotni qadrlaydi
Markaziy Osiyo
Turkmaniston bu yil 1 mln tonnadan ortiq paxta yig‘ib olishni rejalashtirmoqda
Mahalliy
Navoiyda o‘zganing 31 bosh qo‘yini o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi