Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Namanganda Jazeera Airways aviakompaniyasi mutasaddilarining viloyatdagi turizm kompaniyalari va agentliklari vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Namangan xalqaro aeroporti ma’muriyati tashabbusi bilan viloyat turizm va madaniy meros boshqarmasi hamkorligida tashkillangan tadbirda Jazeera Airways aviakompaniyasi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar va amalga oshirilayotgan yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Foto: “Daryo” / Alisher Do‘lmonov

Foto: “Daryo” / Alisher Do‘lmonov

Jazeera Airways aviakompaniyasi vakili Ildar Abubakirovning ma’lum qilishicha, hozirda Namangan—Kuvayt—Namangan yo‘nalishida doimiy reyslarni yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Foto: “Daryo” / Alisher Do‘lmonov

Foto: “Daryo” / Alisher Do‘lmonov

Ushbu aviareyslarni joriy yil avgust oyidan boshlab haftasiga ikki marotaba amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Talab va ehtiyojdan kelib chiqib, ularning soni ko‘paytirilishi yoki aksincha kamaytirilishi mumkin.

Foto: “Daryo” / Alisher Do‘lmonov

Foto: “Daryo” / Alisher Do‘lmonov

“Mazkur yo‘nalish Namangan, umuman, vodiy aholisiga Fors ko‘rfazi davlatlariga sayohat qilish uchun imkoniyat yaratadi. Qolaversa, umra safarini amalga oshirish istagidagi ziyoratchilar uchun ham o‘ziga xos qulayliklar tug‘diradi”, — deydi Ildar Abubakirov.

Foto: “Daryo” / Alisher Do‘lmonov

Foto: “Daryo” / Alisher Do‘lmonov

Ma’lumot uchun, Jazeera Airways Kuvayt milliy aviakompaniyasi bo‘lib, 2004-yildan beri Pokiston, Hindiston, Shri-Lanka, Nepal, Yaqin Sharq va Yevropa davlatlariga parvozlarni amalga oshirib kelmoqda. Jazeera Airways 2021-yili Kuvayt—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha reysni ham yo‘lga qo‘ygandi.

Foto: Jazeera Airways

Foto: Jazeera Airways

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda sentabr oyida eng qimmat va eng arzon palov qayerda tayyorlangani ma’lum qilindi
Sport
Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 7 ta gol urilgan o‘yinda Bahraynni tor-mor etdi
Dunyo
Alla Pugachyova qasrini 1 milliard rublga sotuvga qo‘ydi