Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Surxondaryoda fuqarolarning omonatga qo‘ygan mablag‘ini o‘zlashtirgan sobiq bank bo‘lim boshlig‘ining kirdikorlari fosh bo‘ldi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Boysun tuman bo‘limi tomonidan AT “Xalq banki” tuman filialining murojaatiga asosan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazgan.

Tekshiruvda filialning chakana xizmatlari sobiq bo‘lim boshlig‘i J.T. 9 nafar fuqaroning omonatga qo‘yish uchun topshirgan jami 566 mln so‘m naqd pullarini omonat hisob raqamlariga qo‘ymasdan, o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib, talon-toroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Chiroqchida bankirlar 119 nafar fuqaro nomiga rasmiylashtirilgan salkam 1 milliard so‘mni o‘zlashtirgani, Surxondaryoda 741 mln so‘mdan ortiq budjet mablag‘larini talon-toroj qilgan viloyat perinatal markazi mutasaddilariga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda pomidor narxi barqarorlashdi