Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tarix — hayot takrorlardan iborat ekani haqida saboq beruvchi eng yaxshi ustoz; har kunlik bu saboqlardan doim ham vaqtida va to‘g‘ri xulosalar chiqarilmasa-da, tarix baribir beqiyos ustozligicha qolaveradi.O‘zbekiston va jahonning bundan 90, 60 va 30 yil avvalgi manzarasiga o‘zbek matbuoti ko‘zi bilan imkon qadar nazar solish ham qiziq, ham foydali ko‘rindi. O‘n yillar muqaddam aynan bugungi sanada nimalar bo‘lgan, davr matbuoti ular haqida nima deb yozgan, ushbu voqea-hodisalarga jamoatchilikning munosabati qanday edi — bari “Kun matbuoti tarixi” rukni materiallarida.

Rukn materiallari har kuni tong soat 7:30 da e’lon qilinadi.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 13-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 13-iyun sonidan lavha

90 yil avval. 1932-yil 13-iyun, dushanba

1932-yil 13-iyun kuni O‘zbekistonda markaziy gazetalar chop etilmagan.

60 yil avval. 1962-yil 13-iyun, chorshanba

“Qizil O‘zbekiston”ning bu kungi bosh maqolasi: “Suv — ekinning qoni va joni” sarlavhali materialdan ayrim iqtiboslar: “Qoraqalpog‘iston ASSRda, Xorazm, Buxoro, Samarqand va Farg‘ona oblastlarida suvdan yomon foydalanilayotganligi natijasida g‘o‘za chanqab qolmoqda... Bir qator oblastlarda, ayniqsa, Toshkent, Andijon, Farg‘ona oblastlarida suvning turli yo‘llar bilan isrof qilinayotganligini aytmasdan o‘tib bo‘lmaydi... Ko‘p hollarda kechalari suv bekor oqizib qo‘yiladi... Paxtakorlarimiz bu yil partiyamizni, davlatimizni va Vatanimizni 3 million 350 ming tonna ‘oq oltin’ yetkazib berishga ishontirgan. Bu — butun o‘zbek xalqining ahd-paymonidir. O‘zbek xalqining bu va’dasiga vafo qilishiga hech shubha yo‘q”.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 13-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 13-iyun sonidan lavha

O‘zbekiston energetikasining 1962-yilgi ahvoli haqida: “Respublikamizning energetika sanoati keyingi 30 yil ichida ayniqsa tez rivoj topdi. Respublikamizda 1958-yilda ishlab chiqarilgan elektr energiya butun chor Rossiyasida 1913-yilda hosil qilingan elektr energiyadan 2,5 marta ko‘p bo‘ldi. Endi faqat Ohangaron GRESining quvvatigina Yer shariga ekvator bo‘ylab har 10 kilometrga lampochkalar qo‘yilsa, uni yoritish uchun yetgan bo‘lur edi” (bo‘lajak propagandachilar o‘rgansa arziydigan taqqoslashlar, misollar — materialni bir maromda o‘qib ketayotgan mushtariylarning hammasi ham 10 kilometr bu, taxminan, Qatortoldan Taxtapulgacha bo‘lgan masofa ekanini anglab yetmaydi).

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 13-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 13-iyun sonidan lavha

Sovet Ittifoqi dinga qarshi rasman, ochiqchasiga kurash olib boruvchi bir davlat edi. “Qizil O‘zbekiston”da bosilgan “Ateist lektorlar hissasi” materiali bu sovet davlati haqida bu tasavvurlarni yanada mustahkamlaydi: “Siyosiy va ilmiy bilimlarni tarqatuvchi jamiyat a’zolari Buxorodagi ‘muqaddas’ deb nom olgan joylarda hech qanday muqaddaslik yo‘q va bo‘lishi mumkin emasligini tushuntirib berishga o‘zlarining asosiy vazifalaridan biri, deb qaramoqdalar. Natijada keyingi paytlarda kishilar ‘muqaddas’ joylarga deyarli kelmay qo‘ydilar”.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 13-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 13-iyun sonidan lavha

O‘zbekistonda mehmon bo‘lib ketgan bir amerikalikning taassurotlari: “Men hayratda qolganligimni tushuntirishim uchun mamlakatim AQSh va qadrdon shahrim Nyu-York bilan ba’zi narsalarni taqqoslab ko‘rishim kerak, deb o‘ylayman. Agar Toshkentning Navoiy ko‘chasida o‘zim ko‘rgan o‘zbeklarni Nyu-Yorkdagi Brodvey ko‘chasiga olib borib qo‘yish qo‘limdan kelganida, shunday qilganimda, ularning hammasi — xushbichim va yaxshi kiyingan kishilar Nyu-York ko‘chasidan yurib borganlarida mening vatandoshlarimdan sira farq qilmagan bo‘lur edilar. Chiroyli milliy kiyimlarini kiyib olgan o‘zbek ayollari bahr-dilni ochardi, xolos. Ikkinchi tomondan, agar men xuddi shu taxlitda Brodvey ko‘chasidagi bir guruh kishilarni Navoiy ko‘chasiga boshlab kelganimda, nyu-yorkliklar ham toshkentliklardan sira ajralib turmasdilar, lekin ayrim nyu-yorkliklar, ehtimol, och va juda yupun bo‘lganliklaridan o‘zbeklardan ajralib turgan bo‘lur edilar”. Ha-ya, aytmoqchi — Toshkentni Nyu-York bilan taqqoslayotgan bu inson kommunist ekanini eslatib o‘tish yoddan chiqibdi.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 13-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 13-iyun sonidan lavha

Sovet matbuoti Turkiyadan xavotirda — mamlakat boshi berk ko‘chaga kirib qolgan, sovet propagandasi bunga sabab qilib “mamlakat rahbarlarining xalqdan ajralib qolgani”ni ko‘rsatmoqda:

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 13-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 13-iyun sonidan lavha

30 yil avval. 1992-yil 13-iyun, shanba

Prezident Islom Karimov Saudiya Arabistoni podshohi Faxd ibn Abdul Aziz al-Saudning shaxsiy hadyasi — Ka’ba ustiga to‘shaladigan yopinchiq (kisva, Ka’bapo‘sh)ning bir parchasini Qurbon Hayiti arafasida Samarqand viloyati Chelak tumanidagi Ismoil al-Buxoriy masjidiga tortiq qilgani haqida avval xabar berilgan edi. “Xalq so‘zi”da bu haqda “Prezidentning hayitligi” sarlavhasi bilan katta material berilgan.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 13-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 13-iyun sonidan lavha

Xalq Qurbon Hayitining o‘zgacha bir kayfiyatda nishonlanayotganidan xursand. “O‘zbekiston ovozi”da e’lon qilingan bir materialda, jumladan, shunday deyiladi: “Bu yilgi Qurbon Hayitining o‘ziga xos yana bir jihati bor. Biz O‘zbekiston prezidentining farmoniga ko‘ra, uning birinchi kunida dam olib, bayramni emin-erkin o‘tkazdik. Ko‘chalarda, xiyobonlarda Qurbon Hayitini ulug‘lovchi shiorlarni ko‘rib-o‘qib, nihoyatda xursand bo‘ldik”.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 13-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 13-iyun sonidan lavha

Shu kunlarda yana bir bayram — mamlakat pillakorlari “plan”ni, har doimgidek, ortig‘i bilan bajargan:

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 13-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 13-iyun sonidan lavha

Ilm-fan sohasi vakillari uchun yana bir qo‘shimcha tantana — prezident Islom Karimov bir guruh olimlarga fan va texnika sohasida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Davlat mukofotlarini topshirgan. Tadbir davomida prezident yig‘ilganlarni Qurbon Hayiti bilan ham tabriklagan.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 13-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 13-iyun sonidan lavha

“Ozodlik” radiosi mudofaa vaziri Rustam Ahmedovdan O‘zbekistonning ODKB tashkil etilishiga asos bo‘lgan shartnoma (Toshkent shartnomasi)ga qo‘shilishiga nima sabab bo‘lgani yuzasidan intervyu olgan, bu intervyu tafsilotlari respublikaning deyarli barcha markaziy gazetalari tomonidan bosilgan. “Ozodlik” muxbirining: “Kuzatuvchilar, O‘zbekiston shartnomaga imzo chekish bilan o‘zini murakkab ahvolg solib qo‘ydi, demoqdalar. Respublikadagi muxolif kuchlari esa shartnomani harbiy blok shartnomasi deb baholamoqda. Shu haqdagi fikringizni bayon qilsangiz?”, degan savoliga, O‘zbekiston mudofaa vaziri shunday javob bergan: “Bunday deyishdan avval yalpi xavfsizlik shartnomasini o‘qib chiqish kerak. Shunda ma’lum bo‘ladiki, shartnomaga har bir mustaqil davlat qo‘shilishi mumkin. Bundan tashqari, shartnoma uchinchi bir davlatga qarshi qaratilmagan. Respublikamizning shartnomani imzolashi, menimcha, hozir zarur”.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 13-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 13-iyun sonidan lavha

Qurbaqa yomg‘iri”, “mahbuslar yo‘qligi uchun yopilgan qamoqxona” turkumidagi xabarlardan yangisi (qo‘shimchasiga, bu 1990-yillar og‘ir bir davr bo‘lgani haqidagi gap-so‘zlarni ham qisman tasdiqlaydi): “Surxondaryo viloyatining Oltinsoy rayonidagi Hayrondara qishloq kasalxonasi shifokorlari davlat mulkini asrashning antiqa usulini topishdi. Kasalxona zaliga qo‘yilgan yakka-yu yagona televizor uchun maxsus temir qafas yasattirildi. ‘Oynai jahon’ni qafas bilan birga ko‘tarib ketmasliklari uchun uni temir-beton devorga mustahkamlab qo‘yishdi”.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 13-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 13-iyun sonidan lavha

Ushbu material huquqlari mualliflarida saqlangan holda e’lon qilish sharti bilan “Daryo” internet-nashriga taqdim etildi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinning “Zelenskiyni o‘ldirmaslik” bo‘yicha bergan va’dasiga munosabat bildirdi
Sport
A Seriya. Eldor Shomurodovning debyut o‘yinida “Spetsiya” o‘zida “Napoli”ga yirik hisobda yutqazdi
Dunyo
Marsdan ham sovuqroq: AQSHda havo harorati tarixiy rekordni yangiladi (video)