Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida yer savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Ma’lum qilinishicha, departamentning Yangiyo‘l tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIBB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida A.J. ismli shaxs go‘yoki o‘zining kadastr agentligida ishlovchi tanishlari orqali 29 ming dollar evaziga fuqaro Sh.ning nomiga 40 sotix yer maydonini ajratish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilgani aniqlangan. U oldindan 10 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Bo‘stonliqda 1,32 gektar yerni 50 ming dollarga sotishga uringan uch nafar shaxs ushlangani, Samarqandda tuman hokimining soxta qarori bilan qariyb 20 ming dollarga yer sotgan xo‘jalik rahbari aniqlangani, Davlat kadastrlari palatasi Nurobod tuman filiali mutaxassislari 2 mln so‘m pora bilan ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?