Ko‘pchilikka hamkasblarning turmush qurishi ma’qul kelamaydi. AdMe nashri havola etgan manbaga ko‘ra, bugungi juftliklarni chinakam sadoqatning isboti deyish mumkin, chunki ular suratga olish maydonchasida uchrashgan va hozirgacha birgalikda baxtli hayot kechirmoqda. Hattoki ularning ba’zilari aynan qaysi filmning suratga olish jarayonida tanishganini ham unutib qo‘ygan.
Josh Dallas va Jinnifer Gudvin
Jinnifer Gudvin va Josh Dallas “Bir zamonlar ertakda” serialida Oppog‘oy va Shahzoda rolini ijro etgan va ularning ertakdagi ishqiy munosabatlari chinakamiga aylangan. Ular 2013-yilda unashtirilgan va 2014-yilda turmush qurgan. Yulduzli juftlik hozirda ikki nafar o‘g‘ilni tarbiya qilib kelmoqda.
Piter Krauze va Loren Grem
Ikkisi ham bir-birini “Ota-ona” filmida suratga tushishdan ancha oldin bilgan, lekin ular suratga olish maydonchasida partnyor bo‘lgandan keyingina yaqindan tanishishni boshlagan. Bu voqealar 12 yil avval sodir bo‘lgan. Juftlik shaxsiy hayotining tafsilotlarini muhokama qilmaslikni afzal ko‘radi, ammo ular 12 yildan beri birgalikda baxtli.
Freddi Prins va Sara Mishel Gellar
Yosh ijodkorlar “O‘tgan yozda nima qilganingni bilaman” trillerining suratga olish maydonchasida uchrashdi. Sara Mishelning haydovchilik guvohnomasi yo‘q edi, shuning uchun ham Freddi uni suratga olish maydonchasida olib borib yurdi. 2002-yilda “Skubi-Du” filmida suratga tushish paytida ularning do‘stona munosabati mustahkamlandi va o‘sha yili juftlik turmush qurdi.
Elayza Teylor va Bob Morli
Elayza va Bob “100” filmida partnyor sifatida suratga tushdi, lekin qaysidir nuqtaga kelib ularning do‘stligi yanada ko‘proq narsaga aylandi. Ular o‘z munosabatlarini faqat 2019-yilda turmush qurganlaridan so‘ng e’lon qildi va bu bilan muxlislarini hayratda qoldirdi. 2022-yil fevral oyida juftlik birinchi farzandini kutayotganliklarini ma’lum qildi.
Stiven Moyer va Anna Pekuin
Haqiqiy hayotga ko‘chgan ekrandagi mhabbatning yana bir misoli. Stiven Moyer “Haqiqiy qon” filmida Anna Pekuin bilan birga suratga tushdi. Kasting paytida ular orasida ishq uchquni paydo bo‘lgandi. Stivenning so‘zlariga ko‘ra, u umrining qolgan qismini Anna bilan o‘tkazishini darhol bilgan, garchi ular hali bir-birlarini yaxshi tanimasalar ham. 2010-yilda juftlik turmush qurdi va hozir ularning ikki nafar farzandi bor.
Deniyel Kreyg va Reychel Vays
Reychel Vays va Deniyel Kreyg 2010-yilda “Orzular uyi”da birga ishlashdan oldin ham bir muncha vaqt uchrashgan. Suratga tushish jarayonida esa ularning munosabati yanada mustahkamlandi. Taxminan bir yil o‘tgach, ular turmush qurdi va hozirda ularning qizi bor.
Greys Jily va Trey Bayers
Juftlik “Imperiya” serialining suratga olish jarayonida tanishgan va buni bir qarashda muhabbat deb atash mumkin. Ular 2015-yilda unashtirilib, bir yildan so‘ng turmush qurgan.
Kirsten Danst va Jessi Plemons
Danst va Plemons “Fargo”da er-xotin rolini ijro etdi va boshqalar singari ularning munosabatlari ham suratga olish maydonchasidan tashqariga chiqib ham davom etdi. Qizig‘i shundaki, Kirsten bilan uchrashishdan oldin Jessi uning ashaddiy muxlisi edi. Hozir ularning ikki farzandi bor.
Zendeya va Tom Holland
Tom Holland va Zendaya “O‘rgimchak odam” filmini suratga olish maydonchasida tanishdi. Ular haqidagi mish-mishlar 2016-yilda, “O‘rgimchak odam: Uyga qaytish” filmi suratga olinayotgan paytda tarqala boshlagan. Juftlikning aytishicha, Tom va Zendaya uzoq vaqt davomida shunchaki do‘st bo‘lgan va keyin ularning munosabati jiddiylashgan.
Rayan Gosling va Yeva Mendes
Bu mashhur juftlik o‘zlarining oilaviy hayoti haqida kam gapiradi, ammo muxlislar hamma narsani bilib olado. Aktyorlar 2011-yilda “Qarag‘aylar ostida” filmini suratga olish maydonchasida tanishgan. Ular hali rasmiy ravishda turmush qurmagan, ammo ikki nafar farzandi bor.
Mavzuga doir:
- Yoshlik bizni tashlab ketadi: Gollivud yulduzlari ilk filmlarida qanday ko‘rinishda bo‘lgan? (foto)
- “Mo‘ynali yopinchiqdan qo‘lansa hid kelardi”. Taniqli aktyor va aktrisalarning butun dunyoga mashhur bo‘lgan rollar haqida fikrlari (foto)
- Gollivudning mashhur aktyorlari haqida hamkasblari nima deydi?
- Mashhurlarning vaqt sinovidan o‘tgan samimiy va haqiqiy do‘stligi (foto)