Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tarix — hayot takrorlardan iborat ekani haqida saboq beruvchi eng yaxshi ustoz; har kunlik bu saboqlardan doim ham vaqtida va to‘g‘ri xulosalar chiqarilmasa-da, tarix baribir beqiyos ustozligicha qolaveradi.

O‘zbekiston va jahonning bundan 90, 60 va 30 yil avvalgi manzarasiga o‘zbek matbuoti ko‘zi bilan imkon qadar nazar solish ham qiziq, ham foydali ko‘rindi. O‘n yillar muqaddam aynan bugungi sanada nimalar bo‘lgan, davr matbuoti ular haqida nima deb yozgan, ushbu voqea-hodisalarga jamoatchilikning munosabati qanday edi — bari “Kun matbuoti tarixi” rukni materiallarida.

Rukn materiallari har kuni tong soat 7:30 da e’lon qilinadi.

90 yil avval. 1932-yil 4-iyun, shanba

“1910-yilda tug‘ilgan yoshlarni askariy xizmatga chaqirish ma’rakasiga tayyorlik boshlandi”, — deb boshlanadi “Yosh leninchi” gazetasida e’lon qilingan “Tushuntirish ishlari keng rivojga mindirilsin” materiali.

“Yosh leninchi” gazetasining 1932-yil 4-iyun sonidan lavha

“Yosh leninchi” gazetasining 1932-yil 4-iyun sonidan lavha

“Qochirish ishlari uyushtirilmagan holda o‘tkazilganda qaysi urg‘ochining qaysi erkak moldan qochganligi noma’lum bo‘ladi. Balkim urg‘ochi mol podani yaxshilay turgan emas, balkim uni yanada yomon holga sola turgan, uni juda ham mayda qila turgan biror erkak moldan qochib qolar?”, — bu “Qochirish kampaniyasiga zo‘r ahamiyat” materialidan iqtibos edi (umuman olganda, bu dolzarb masala).

“Yosh leninchi” gazetasining 1932-yil 4-iyun sonidan lavha

“Yosh leninchi” gazetasining 1932-yil 4-iyun sonidan lavha

Ukrainada ham paxta ekiladi va 1932-yilda iyun oyi boshlanmay turib, ekin plani butunlay bajarib bo‘lingan:

“Yosh leninchi” gazetasining 1932-yil 4-iyun sonidan lavha

“Yosh leninchi” gazetasining 1932-yil 4-iyun sonidan lavha

60 yil avval. 1962-yil 4-iyun, dushanba

1962-yil 4-iyun kuni O‘zbekistonda markaziy gazetalar chop etilmagan.

30 yil avval. 1992-yil 4-iyun, payshanba

Mustaqillikning ilk yillarida mahalliy faollar uchun joy nomlarini o‘zgartirish oson kechmagan. Masalan, “Xalq so‘zi” gazetasida e’lon qilingan “Adovat iskanjasi” materialida Qashqadaryodagi Ulyanov tumanining nomini Kasbi deb o‘zgartirish mashaqqatlari haqida so‘z boradi:

“Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 4-iyun sonidan lavha

“Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 4-iyun sonidan lavha

“O‘tgan oyda bir paytlar juda ko‘p salbiy fikrlar bildirilgan ‘Kichkina Vera’ filmi namoyish etildi. Ochig‘i, nahotki shunday behayo film ‘oynayi jahon’ orqali ko‘rsatilsa, deb yoqamizni ushlab yurdik. Buni qarangki, film boshlanishiga bir necha daqiqa qolganda ekranda jadval paydo bo‘lib, film tugaguncha hayosizlikka ‘parda’ tortib turdi... Bunday yo‘l tutilayotgani balki ba’zi birovlarga yoqmas. Lekin boshqa chorasi yo‘q ekan, shuning o‘zi respublikamiz radiotelekompaniyasi sharqona odatlarimiz, milliy qadriyatlarimizga sodiq qolayotganini yaqqol ko‘rsatib turibdi”, — bu toshkentlik bir xizmatchining 1992-yildagi fikrlaridan parcha edi (bunday fikrlar ko‘p).

“Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 4-iyun sonidan lavha

“Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 4-iyun sonidan lavha

Toshkentda 1991-yilning 20-dekabr kuni 33 yoshli erkak mashina urib ketishi oqibatida halok bo‘lgan, biroq oila a’zolari bundan bexabar qolgan, yigit qayerga yo‘qolganini bilolmagan. “Nihoyat shu yilning 3-yanvarida shahar o‘likxonasidan bir necha shaxsi aniqlanmagan murdalarni ‘Otchopar‘ tomonidagi qabriston chetiga traktor bilan chuqur kavlab ko‘mishganligini eshitdim. Qancha pul sarflab, uni ochib, murdalar orasidan o‘g‘limning jasadini topdim”, — deb yozgan toshkentlik Abdulla Ko‘kanov “Toshkent oqshomi” gazetasiga. U o‘z xatida “nega musulmon farzandlarining bir necha kafansiz va janoza o‘qilmasdan lahati qazilmagan bitta chuqurga ko‘mildi?”, deb savol qo‘ygan.

“Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 4-iyun sonidan lavha

“Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 4-iyun sonidan lavha

Hali ham amalga oshmagan yaxshi niyat:

“Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 4-iyun sonidan lavha

“Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 4-iyun sonidan lavha

Xorijda nima gap? Qirg‘iziston prezidenti Asqar Akayev Xitoy rahbarlariga har birining qiymati 1,5 million dollar turadigan ikkita tirik qoplon sovg‘a qilgan.

“Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 4-iyun sonidan lavha

“Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 4-iyun sonidan lavha

AQSH prezidenti Yaman va Saudiya Arabistonini ular o‘rtasidagi hududiy mojaroni tinch yo‘l bilan etishga chaqirgan. “Amerikaning Yaman poytaxtidagi diplomati Yaman jumhuriyati prezidentlik kengashi boshlig‘i Ali Abdulla Solihga Jorj Bushning maktubini topshirdi”, deyiladi xabarda. Ali Abdulla Solih oradan 25 yil o‘tib, aynan Saudiya Arabistoni bilan kelishmoqchi bo‘lganida Yamandagi isyonchi xusiylar tomonidan o‘ldiriladi.

“O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 4-iyun sonidan lavha

“O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 4-iyun sonidan lavha

Ushbu material huquqlari mualliflarida saqlangan holda e’lon qilish sharti bilan “Daryo” internet-nashriga taqdim etildi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)