So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12190.01
    • RUB 126.91
    • EUR 12987.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +16°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Yasama yomg‘ir yog‘dirish institutining kashfiyoti, 1992-yilgi Taraqqiyot strategiyasi, “birorta ham sigir qisir qolmasligi lozim!”. O‘zbek matbuoti 18-mayda nimalar haqida yozgan?

    18.05.2022, 07:30 38141

    Tarix — hayot takrorlardan iborat ekani haqida saboq beruvchi eng yaxshi ustoz; har kunlik bu saboqlardan doim ham vaqtida va to‘g‘ri xulosalar chiqarilmasa-da, tarix baribir eng yaxshi ustozligicha qolaveradi.

    Ham O‘zbekistonning, ham jahonning bundan 90, 60 va 30 yil avvalgi manzarasiga o‘zbek matbuoti ko‘zi bilan imkon qadar nazar solish ham qiziq, ham foydali ko‘rindi. Bundan o‘n yillar avval aynan bugungi sanada nimalar bo‘lgan, davr matbuoti ular haqida nima deb yozgan, jamoatchilikning munosabati qanday edi — bularning barini “Kun matbuoti tarixi” rukni orqali kuzatib borish mumkin.

    Rukn materiallari har kuni tong soat 7:30 da e’lon qilinadi.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 18-may sonidagi asosiy mavzu — oliy darajadagi sovet delegatsiyasining Bolgariyaga safari tafsilotlaridir. Suratda — SSSR yetakchisi Nikita Xrushchyov Dimitrovgraddagi “Maritsa-Vostok” issiqlik elektr markazining binosi yonida bo‘lgan mitingda nutq so‘zlamoqda.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 18-may sonidagi asosiy mavzu — oliy darajadagi sovet delegatsiyasining Bolgariyaga safari tafsilotlaridir. Suratda — SSSR yetakchisi Nikita Xrushchyov Dimitrovgraddagi “Maritsa-Vostok” issiqlik elektr markazining binosi yonida bo‘lgan mitingda nutq so‘zlamoqda.
    Foto: “TASS” / “Qizil O‘zbekiston”

    90 yil avval. 18-may, chorshanba

    “Qizil O‘zbekiston”da ilm-fan yangiliklari: “Yasama yomg‘ir yog‘dirish instituti sun’iy ravishda yomg‘ir yog‘dira turgan asbobni qurib bo‘ldi”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 18-may sonidan lavha

    “Bolalatishga ahamiyat!” rukni ostida qishloq xo‘jaligi xabarlari: “Bitta ham urg‘ochi mol qisir qolmasligi lozim”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 18-may sonidan lavha

    “O‘zbekistonda koopersiya va davlat savdosi yangicha boshlangani yo‘q” materialida yozilishicha, “dehqonlarni dala ishidan qoldirmas uchun degan bahona bilan rayon ekin komissiyalari qishloq do‘konlarida kunduzi savdo qilishni ma’n qildilar. Mirzacho‘l rayon ta’minot bo‘limi rayon matlubot jamiyatiga kommerchiski bir sovunini kooperativ daftarchasi bo‘lmagan kishilarga sotishin ma’n qildi... O‘timli mollarga nagruzka qo‘shib beradilar. Masalan, Namangan kooperatsiyasi kir sovunga 7 so‘mdan ikki shisha vino qo‘shib sotdi”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 18-may sonidan lavha

    “Badriddinovchilar sudi”ning navbatdagi tafsilotlari:

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 18-may sonidan lavha

    60 yil avval. 18-may, juma

    “Qizil O‘zbekiston”ning xabar berishicha, Buxoro viloyati 1962-yilda O‘zbekistonda birinchi bo‘lib pilla va tuxum tayyorlash yillik planini bajarib bo‘ldi. Eng qizig‘i, “Buxoro, Shofirkon, Sverdlov va Romitan rayonlarining pillachilari... pilla yetishtirishni ko‘paytirishda yetti yillikning oxiri — 1965-yilga mo‘ljallangan darajaga erishdilar”. “Oblast kolxoz va sovxozlari tuxum tayyorlash yillik planini ham 16-mayda, o‘tgan yildagidan 4 oy oldin bajardilar. Davlatga 8 million dona — o‘tgan yilning shu vaqtidagiga nisbatan 3,5 million dona ko‘p tuxum sotildi”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 18-may sonidan lavha

    Televizor — 1962-yilning interneti. 1962-yilda televizor yetib borgan joy — “ommaviy-siyosiy ishlarning chinakam markazi”, yana ham badiiy qilib aytganda — ma’rifat gulshani.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 18-may sonidan lavha

    1960-yillardagi xalq ta’limining asosiy masalalaridan biri — maktablarni bir smenalik qilish. “Mashg‘ulotlarni bir smenada o‘tkazish maktab ta’limini hayot bilan bog‘lab qayta qurishning asosiy omillaridan biri bo‘lib qoldi. Shu sababli respublikamizning juda ko‘p maktablaridagi kabi Xorazm oblast Yangiariq rayonidagi 51 maktabning hammasida o‘qish faqat bir smenada olib borilmoqda. Bu — maktablarda ta’lim-tarbiya ishlarini yuksak darajada olib borishga yaxshi yordam berdi. Rayon maorif xodimlari va jamoatchilik erishilgan ana shu yutuqlarni yanada mustahkamlash uchun kurashishlari lozim. Kelgusi o‘quv yilida maktablarda o‘quvchilar soni yanada ortadi. Bu esa o‘z navbatida yangi maktab binolari va qo‘shimcha sinfxonalar qurishni talab etadi”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 18-may sonidan lavha

    Hozir Sergeli Toshkentning eng katta, aholisi eng ko‘p tumanlaridan biri. Bundan 60 yil avval-chi, uning maqomi qanday edi? “Qizil O‘zbekiston”dagi bir e’lon, ehtimol, bu savolga javob bo‘la oladi: “20-may — yakshanba kuni Toshkent oblast Sergeli qishlog‘ida “Qizil O‘zbekiston” va “Yosh leninchi” gazetalari mukofoti uchun mototsikl krossi o‘tkaziladi”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 18-may sonidan lavha

    30 yil avval. 18-may, dushanba

    “Toshkent oqshomi” gazetasida “O‘zbekistonning bozor sari yo‘li” rukni ostida “hukumat idoralarig mute bo‘lmagan, o‘z nizomi va mustaqil hisob-kitobi bilan faoliyat ko‘rsatadigan yosh iqtisodchilar kengashi” — Toshkent anjumani ishtirokchilari bilan davra suhbati uyushtirgan. Toshkent anjumani yosh olimlar kengashini tuzish yuzasidan tashkiliy ishlarga rahbarlik qilayotgan Anvar Yo‘ldoshev “Oqshom” muxbiri bilan suhbatda yangi jamoat tashkilotining maqsad va vazifalarini aytib o‘tgan: “Hozir Toshkent anjumaniga iqtisodchilar, sotsiologlar, siyosatshunoslar, olimlar birlashgan. Taraqqiyot strategiyasini ishlab chiqish, qabul qilinayotgan hujjatlar ushbu strategiyaga qanchalik mos ekanligini o‘rganish bizning asosiy vazifamizdir”.

    Anvar Yo‘ldoshevning yana bir fikri e’tiborga molik: “Avval ushbu kengash prezident huzurida bo‘lishi to‘g‘risidagi fikrlar bildirilgan edi. O‘ylashimcha, buning ham ijobiy, ham salbiy tomonlari bor. Ijobiy tomoni shundaki, bizga g‘oyalarimizni prezident nomidan o‘tkazish yengilroq ko‘chardi. Salbiy tomoni shundaki, bizning g‘oyalarimiz yakkayu yagona to‘g‘ri g‘oyalar, deb qabul etilardi. Prezident bunday kengashni tashkil etishga xayrixohlik bildirib, Vazirlar Mahkamasi g‘oyalari yoki bizning Toshkent anjumani g‘oyalaridan birini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu ham o‘zia xos raqobatdir. Fikrimcha, u jamiyatimizga ham faqat foyda keltiradi”.

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 18-may sonidan lavha

    Toshkent temiryo‘l transporti instituti iqtisodiy nazariya kafedrasi o‘qituvchisi va “Konsaltirg servis T” firmasi rahbari Farhod Maqsudov — davra suhbatining yana bir ishtirokchisi. “Sizningcha, iqtisodiyotimizni tobora chuqurlashib borayotgan tanglikdan nima qutqaradi?” degan savolga u shunday javob bergan: “Iqtisodiyotni tijoratchilar qutqarishiga ishonchim komil. Biroq,.. ishbilarmonlikka qulay shart-sharoitlar yaratilmas ekan, tijorat taraqqiy etmaydi. To‘g‘ri, u rivojlanib boraveradi. Ammo bu rivojlanish butun ma’rifatparvar dunyoda bo‘lganidek emas, balki korruptsiyaga moyillik shaklida rivojlanadi”.

    “Respublikamizda tijorat yaxshi rivojlanishi uchun nimalar zarur?” degan savolga Maqsudovning javobi bunday: “Eng avvalo davlat siyosatining sobitqadamligi, tijoratchi ertaga uni nima kutayotganligini: soliqlar miqdori qanday bo‘lishini, uning valyuta hisobiga tahdid bo‘lmasligi va hokazolarni aniq bilishi shart. Tijorat — bu, kelajakni ko‘zlab ishlashdir”.

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 18-may sonidan lavha

    Gazetada O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq instituti direktori Akmal Saidovning jinoyatchilikni jilovlash masalasiga bag‘ishlangan “Umumdavlat dasturi zarur” sarlavhali maqolachasi e’lon qilingan. “Taasufki, jinoiy unsurlarga qarshi kurash ko‘zlangan samarani bermayapti. Menimcha, bunga kam deganda to‘rt sabab bor”, — deb yozadi Akmal Saidov. To‘rt sababdan biri, masalan, “qonunga eng avvalo ijrochilar to‘liq rioya etishmaydi”.

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 18-may sonidan lavha

    Xorijda nima gap? “Estoniya kongressining a’zosi Linnart Myaall Qozonda milliy harakat vakillari bilan uchrashuv paytida Estoniya Tataristonga Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lishiga ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi”. Hozir bu gaplar g‘alati eshitiladi, ammo 1992-yilda Tatariston chinakam mustaqillik ostonasida turgani hisobga olinsa, hammasi tushunarli bo‘ladi.

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 18-may sonidan lavha

    Mavzuga doir:

    • Xotinboz brigadir, maishatbozlikdan bo‘shamaydigan rais, jurnalistni hojatxona tozalashga majburlashda ayblangan prokuror. O‘zbek matbuoti 17-mayda nimalar haqida yozgan?
    • Zilzila vaqti Yelsin va Nazarboyevni ovutgan Karimov, O‘zbekistonda boshqaruvni o‘zbeklashtirish, “jurnalistlar, kibrlanmang!”. O‘zbek matbuoti 16-mayda nimalar haqida yozgan?
    • “Ozodlik” radiosi bilan uchrashgan Islom Karimov, Toshkentda uch xotin olgani uchun bir yilga qamalgan erkak, “Leninobod O‘zbekistonga qo‘shilmoqchi”. O‘zbek matbuoti 15-mayda nimalar haqida yozgan?
    Ushbu material huquqlari mualliflarida saqlangan holda e’lon qilish sharti bilan “Daryo” internet-nashriga taqdim etildi

     

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    APL. “Manchester Siti” o‘zida “Nottingem Forest”ni mag‘lub etdi, “Manchester Yunayted” safarda minimal hisobda g‘alaba qozondi (video)

    Bugun, 02:15

    A Seriya. “Milan” Verona klubi ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi, “Yuventus” 6 ta gol urilgan o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi (video)

    Bugun, 01:23

    Bundesliga. “Bavariya” raqib darvozasiga javobsiz 7 ta gol urdi, “Borussiya D” Roysning yagona goli evaziga “Volfsburg”ni mag‘lub etdi (video)

    Bugun, 01:06

    La Liga. “Barselona” “Selta”ga qarshi bahsda superkambek amalga oshirib, g‘alabani ilib ketdi (video)

    Kecha, 23:29

    Afg‘oniston Turkmaniston bilan yangi chegara postini qurmoqchi

    Kecha, 22:33

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    Kecha, 22:25

    Captiva-2024 narxlari haqida tarqalgan maʼlumotlar soxta ekani maʼlum bo‘ldi

    Kecha, 22:20

    O‘zbekistonliklar Germaniyaga 6 ta soha bo‘yicha ishga taklif qilinmoqda. Maosh — 2,4 ming yevro

    Kecha, 22:09

    Superliga. “Andijon” Vodiy derbisida “Navbahor”ni mag‘lub etdi, “OKMK” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Metallurg”ga imkoniyatni boy berdi

    Kecha, 21:54

    O‘zbekistonda kadrlarni boshqarishga oid hujjatlar yagona platformada yuritiladi

    Kecha, 21:38

    Tavsiya etamiz

    “Kasallangan bolalarning 143 nafari tuzalgan”. Vazir o‘rinbosari Namangandagi zaharlangan bolalar soniga aniqlik kiritdi

    15:00 / 23.09.2023

    Bosh vazir iste’fosini talab qilayotganlar, sotuvga chiqqan iPhone 15, AQSHga kelayotgan rekord darajadagi migrantlar — 22-sentabr suratlari

    22:00 / 22.09.2023

    “Dok-1 Maks” ishi: 33 ming dollar oldi-berdisida vositachilik qilgani aytilgan ayblanuvchiga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi

    15:00 / 22.09.2023

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    22:00 / 23.09.2023

    MOLIYA

    Pul

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    “Dori vositalari yoki ovqatdan zaharlanish emas” — Elmira Bositxonova Chustdagi voqea haqida

    13:00 / 23.09.2023

    O‘zbekistonliklar Germaniyaga 6 ta soha bo‘yicha ishga taklif qilinmoqda. Maosh — 2,4 ming yevro

    22:00 / 23.09.2023

    Turkiyada o‘zbekistonlik ayol bo‘g‘izlab o‘ldirildi (video)

    12:00 / 23.09.2023

    Saudiya Professional Ligasi. “An-Nassr” 7 ta gol urilgan o‘yinda “Al-Ahli” ustidan g‘alaba qozondi, Ronaldudan dubl (video)

    01:00 / 23.09.2023

    Turkiyada o‘zbekistonlik ayol bo‘g‘izlab o‘ldirilgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

    19:00 / 23.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?