• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Shu qiyin kunlarda rossiyaliklarga mardlik” tilagan Islom Karimov, lotinlashtirish talabini bajarmayotgan O‘rta Chirchiqdagi idora, Qrim masalasini tinch yo‘l bilan hal qilolgan Ukraina. O‘zbek matbuoti 3-iyunda nimalar haqida yozgan?

    Tarix — hayot takrorlardan iborat ekani haqida saboq beruvchi eng yaxshi ustoz; har kunlik bu saboqlardan doim ham vaqtida va to‘g‘ri xulosalar chiqarilmasa-da, tarix baribir beqiyos ustozligicha qolaveradi.

    O‘zbekiston va jahonning bundan 90, 60 va 30 yil avvalgi manzarasiga o‘zbek matbuoti ko‘zi bilan imkon qadar nazar solish ham qiziq, ham foydali ko‘rindi. O‘n yillar muqaddam aynan bugungi sanada nimalar bo‘lgan, davr matbuoti ular haqida nima deb yozgan, ushbu voqea-hodisalarga jamoatchilikning munosabati qanday edi — bari “Kun matbuoti tarixi” rukni materiallarida.

    Rukn materiallari har kuni tong soat 7:30 da e’lon qilinadi.

    90 yil avval. 1932-yil 3-iyun, juma

    “Yangiyo‘l rayon Zangiota qishloq pionerlar otryadi... otaliqdagi kolxozni og‘izdagina otaliqqa olib, amalda hech qanday yordam berayotgani yo‘q”, — bu “Yosh leninchi” gazetasidagi “Nimaga kolxozga yordam bermaysiz?” sarlavhali xabardan iqtibos (muddao shuki, qishloq xo‘jaligi ishlariga o‘quvchilar yordam bersin).

    “Yosh leninchi” gazetasining 1932-yil 3-iyun sonidan lavha

    “Yosh leninchi” gazetasining 1932-yil 3-iyun sonidan lavha

    “Chust yangi shahridagi bir yaslida uch kishi ortiqcha oylik olib, ish qilmay yotirlar. Bundagi bolalar bo‘lsa, bo‘lmag‘ur o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lmoqdalar”, — bu “Tarbiyaga muhtoj tarbiyachilar” xabaridan iqtibos edi.

    “Yosh leninchi” gazetasining 1932-yil 3-iyun sonidan lavha

    “Yosh leninchi” gazetasining 1932-yil 3-iyun sonidan lavha

    “O‘rta Chirchiq rayonining MTS (mashina-traktor stansiyasi) idorasida lotinlashtirish va apparatni o‘zbeklashtirish haqida yuqori partiya va hukumatning chiqargan qator qaror va direktivlari qo‘pol ravishda buzilayotir”, — bunisi “O‘rta Chirchiq MTS idorasi o‘zbeklashtirishdan chetda” xabaridan iqtibos.

    “Yosh leninchi” gazetasining 1932-yil 3-iyun sonidan lavha

    “Yosh leninchi” gazetasining 1932-yil 3-iyun sonidan lavha

    “Amerika Oliy sudi 7 negr yoshlarining ishini qaytadan qarashga hukm qildi. 24-iyunga tayinlangan o‘lim jazosining kechiktiruvini kutadilar”, — bu skottsborolik yigitlar ustidan olib borilgan sud jarayoniga daxldor bir xabar; bu yigitlar taqdirini SSSR diqqat bilan kuzatib borgan, hatto ularga nisbatan chiqarilgan o‘lim jazosini bekor qilishni so‘rab, Toshkentda mitinglar o‘tkazilgan.

    “German fashistlari mussolinilashmoqda” xabarida Germaniyada vazirlar mahkamasi iste’fo bergani va hukumat tepasiga Gitler boshliq fashistlar kelishi oydinlashib qolgani haqida:

    60 yil avval. 1962-yil 3-iyun, yakshanba

    “Qizil O‘zbekiston”ning shu kungi sonidagi bosh maqolada 1962-yilgi O‘zbekistonga berilgan ta’rif — shu joyi qiziq: “O‘zbekiston hozir sanoati, qishloq xo‘jaligi va madaniyat yuksak darajada rivojlangan ilg‘or respublikaga... aylandi va endilikda G‘arbning eng taraqqiy etgan kapitalistik mamlakatlari bilan musobaqalasha oladi”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 3-iyun sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 3-iyun sonidan lavha
    “Qorako‘l rayonida katta tantana. Qizilqumda katta magistral — Amu-Qorako‘l kanalining birinchi navbati ishga tushirildi”:

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 3-iyun sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 3-iyun sonidan lavha

    Chexoslovakiyaning “Obrana Lidu” gazetasi SSSR yetakchisi Nikita Xrushchyovning Mali delegatsiyasi bilan uchrashuvda so‘zlagan nutqi haqida xabar berib, shunday deb yozmoqda: “SSSR mustamlakachilikni batamom tugatish uchun kurasha beradi”. Bu 1962-yilgi, SSSR tarkibida amalda mustamlaka darajasida bo‘lgan O‘zbekistonning bosh gazetasida berilgan xabardan iqtibos edi.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 3-iyun sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 3-iyun sonidan lavha

    30 yil avval. 1992-yil 3-iyun, chorshanba

    O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Rossiyaga tashrifi davomida “Pravda” gazetasi muxbiriga intervyu bergan. Prezident o‘z intervyusi davomida shunday degan: “Avvalambor, Rossiya diyorida tinchlik va inoqlik bo‘lsin. Shu qiyin kunlarda rossiyaliklarga sabr-toqat va mardlik tilayman”.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 3-iyun sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 3-iyun sonidan lavha

    O‘zbekiston Markaziy banki raisi Fayzulla Mullajonov O‘zA muxbiriga bergan intervyusida O‘zbekiston o‘z milliy valyutasini chiqarishga majbur bo‘lib qolayotganini ta’kidlab, O‘zbekistonda buning uchun iqtisodiy shart-sharoitlar borligini, “biz bunga tayyorligimiz”ni aytib o‘tgan.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 3-iyun sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 3-iyun sonidan lavha

    Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanidagi 13-maktabning 3-sinf o‘quvchilari “bo‘yinlariga alvon galstuk taqqan”, “Lenin bobolari nomiga qasam qilib, uning o‘qishga, ishlashga, Vatanni sevishga so‘z berganlar”. Bu 1992-yilgi O‘zbekistonda bo‘layotgan voqea.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 3-iyun sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 3-iyun sonidan lavha

    Professor Malik Murodning “Toshkent oqshomi” gazetasida e’lon qilingan “Arshi yazdonim mening” maqolasidan iqtibos: “Agar Toshkentni qadimiy va betakror holda saqlashni o‘ylaganimizda, osmono‘par binolarni yomg‘irdan keyin birin-ketin potillab otilib chiqqan qo‘ziqorindek, ko‘ringan joyga qurib tashlayvermasdan, uning tabiatiga, ekologiyasiga erkinroq nafas olishiga yo‘l qo‘ygan, imkoniyat yaratgan bo‘lardik. Hozir shahrimiz biqiq holatda, kundan-kunga og‘ir nafas olmoqda”.

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 3-iyun sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 3-iyun sonidan lavha

    “Ipak yo‘li” bankining “Xalq so‘zi” gazetasida berilgan reklamasi. Undan qiziq bir faktni bilib olish mumkin — bank aksionerlari orasida Movarounnahr musulmonlari diniy boshqarmasi va Toshkent metropoliteni ham bo‘lgan. Ma’lumot uchun, bu bankka Rustam Azimov asos solgan.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 3-iyun sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 3-iyun sonidan lavha

    Dunyoda nima gap? Ukraina 1992-yili Qrim masalasini tinch yo‘l bilan hal qilishga muvaffaq bo‘lgan.

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 3-iyun sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 3-iyun sonidan lavha

    Nafaqat O‘zbekiston, balki butun sobiq Ittifoq hududidagi asosiy masala — bu valyuta yetishmovchiligi emas, iqtisodiy inqiroz emas, notinchliklar emas. Eng asosiy masala — Meksika kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Boylar ham yig‘laydi” serialidagi Mariannaga ziyon-zahmat yetmaydimi, Ester qachongacha asablarni egovlaydi? O‘zbekiston Oliy Kengashi va O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining gazetasi hisoblangan “Xalq so‘zi” o‘z mushtariylariga va’da bermoqda: “Hozir ‘Boylar...‘ning yuzdan ortiq seriyasi namoyish etildi. Xullas, ular yil oxirigacha yig‘lashsa ajabmas. Biz sizlarni turli ro‘znoma va ommaviy axborot vositalari orqali ma’lum bo‘lajak yangi sirlardan voqif etib turish niyatidamiz”.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 3-iyun sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 3-iyun sonidan lavha

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekistonda sotqinlar bo‘lmasligini xohlagan Islom Karimov, SSSRda go‘sht narxi oshishiga odamlar munosabati, “Yelsindan keyingi Rossiya prezidenti diktator bo‘ladi”. O‘zbek matbuoti 2-iyunda nimalar haqida yozgan?
    • O‘zbekistonda sotqinlar bo‘lmasligini xohlagan Islom Karimov, SSSRda go‘sht narxi oshishiga odamlar munosabati, “Yelsindan keyingi Rossiya prezidenti diktator bo‘ladi”. O‘zbek matbuoti 2-iyunda nimalar haqida yozgan?
    • O‘zbeklarning “ikkinchi ona tili”, respublika g‘allakorlarining eng ulkan majburiyati, “urush uchun ishlayotgan AQSh biznesi”. O‘zbek matbuoti 31-mayda nimalar haqida yozgan?
    Ushbu material huquqlari mualliflarida saqlangan holda e’lon qilish sharti bilan “Daryo” internet-nashriga taqdim etildi

    03.06.2022, 07:30   Izoh (0)   77725
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.