Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida olib borilgan tezkor tadbirlar davomida noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Ma’lum qilinishicha, departamentning Yangiariq tumani bo‘limi tomonidan valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida fuqaro X.M. boshqa bir fuqaro M.dan 3,7 ming dollarni 35,6 million so‘mga sotib olgan vaqtida ushlangan. Undan 35,6 million so‘m va yonida noqonuniy ayirboshlash uchun saqlab kelgan 300 dollar, 4 ming Rossiya rubli va 65,5 ming qozoq tengesi ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Shuningdek, departamentning Chiroqchi tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda A.X. ismli shaxs 4,5 ming dollarni 50,4 million so‘mga sotgan vaqtida ushlangan. “Yuqoridagi fuqarolarning harakatlari bo‘yicha olib borilgan tezkor kuzatuvlarda ular doimiy ravishda valyuta qimmatliklarini qonunga zid ravishda ayirboshlash faoliyati bilan shug‘ullanib kelganliklari ma’lum bo‘lgan”, — deyiladi xabarda.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Qashqadaryoda valyutafurush 2,5 ming dollarni sotayotganida qo‘lga tushgani, Xorazm viloyatida 6,8 ming dollarni noqonuniy sotishga uringan shaxslar ushlangani, Toshkent viloyatida 11 ming dollarni noqonuniy sotishga uringan shaxslar qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 2-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilolmayotgani sababini tushuntirdi