Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanida valyuta mablag‘larining noqonuniy ayirboshlash holatining oldi olindi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Ma’lum qilinishicha, departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda A.S. va M.J. ismli shaxslar o‘zaro til biriktirib, fuqaro F.J.ga har bir AQSH dollarini 11 230 so‘mdan sotishga kelishib, jami 6,8 ming dollarni 76,3 million so‘mga sotgan vaqtida ushlangan. Ulardan 7 ming dollar, 13,5 ming Rossiya rubli va 1,6 million so‘m ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Namanganda 5,4 ming dollarni noqonuniy sotishga uringan shaxslar ushlangani, O‘zbekistonda valyutani noqonuniy sotib olish va sotganlik uchun jazo yumshatilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga kirish haqidagi arizalarni alohida-alohida ko‘rib chiqishi mumkin
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi pastladi 
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydi