Meksikaning Mexikali shahrida Toshkent vaqti bilan 22-may tongida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi navbatdagi jangida ishtirok etdi.
Birinchi o‘ta yengil vazn (48,9 kg) toifasi vakili Hasanboy Do‘stmatov (5-0, 5 KO) meksikalik Moyzes Karo Gutyerres (10-1-2, 1 KO) bilan jang qildi. 3-raundga kelib Hasanboy ketma-ket zarbalar yo‘llagan holda raqibini nokautga uchratdi.
Super yarim o‘rta vazn (69,8 kg) toifasida harakat qiluvchi Iqboljon Xoldorov (3-0, 2 KO) mahalliy bokschi Ramon Baraxasga (14-28, 4 KO) qarshi jang olib bordi. To‘liq 6 raund davom etgan jangda Xoldorov ochkolar evaziga g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)