Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne APLda 2021/22-yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Belgiyalik futbolchi o‘z faoliyati davomida ikkinchi marta ushbu sovringa ega chiqmoqda. Avvalroq 2019/20-yilgi mavsumda mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.

Kevin APLda ikki marta mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish bo‘yicha Tyerri Anri, Krishtianu Ronaldu va Nemanya Vidichga tenglashib oldi.

30 yoshli futbolchi joriy mavsum Premyer Ligada 29 ta o‘yin o‘tkazib, 15 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” futbolchisi Fil Foden APLda 2021/22-yilgi mavsumining eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Chegara masalasining yakuniy hal etilishi Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi” —  Sadir Japarov 
Dunyo
“Bizga hayvonlardan yomonroq munosabatda bo‘lishadi” — Afg‘onistonlik qiz “Tolibon”ning cheklovlari haqida (video)