Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasida joylashgan savdo majmuasi va qahvaxona kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Lot ma’lumotlari “E-auksion” portalida e’lon qilingan.
Lot izohida yozilishicha majmua 87 ta xonadan iborat. Bundan tashqari xonalar loyihasiz rekonstruksiya qilingan, qo‘shimcha qurilmalar mavjud.
Restoran auksionga sud hukmi bilan Sergeli tumani MIB tomonidan qo‘yilgan.
Binoda “Sazanchik” restorani, “Okean” savdo majmuasi va boshqalar joylashgan.
Yer uchastkasining umumiy maydoni — 0,23 gektar. Binoning maydoni — 2 685 kvadrat metr. Restoranda gaz, suv, elektr ta’minoti va kanalizatsiya tizimi mavjud.
Auksionga qo‘yilgan majmuaning boshlang‘ich narxi — 25,7 mlrd so‘m. Arizalar 20-iyun 09:00 ga qadar qabul qilinadi. Savdolar xuddi shu kuni 10:00 da boshlanadi.
Avvalroq Toshkentdagi go‘zallik saloni 9 mlrd so‘m qarzi bilan auksionga qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)