“Aston Villa” 20 million yevro evaziga “Barselona” yarim himoyachisi Filippe Koutinyoni xarid qildi.

Foto: Instagram / “Aston Villa”

Ingliz jamoasi braziliyalik futbolchi bilan 2026-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. “Aston Villa” kelishuv narxini oshkor etmadi, ammo kataloniyaliklar ushbu transferdan 20 million yevro va futbolchining keyingi sotuvidan 50% ulush olishini ma’lum qildi.

Filippe yanvar oyida ijara asosida “Astov Villa” safiga borib qo‘shilgan edi. Koutinyo APLda 16 o‘yinda ishtirok etib, 4 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, braziliyalik 2018-yil yanvar oyida “Liverpul”dan “Barselona”ga o‘tgan edi. “Ko‘k-anorranglilar” yarim himoyachi uchun 120+40 million yevro to‘lagan. 29 yoshli futbolchi kataloniyaliklar bilan La Liga va Ispaniya Kubogi, shuningdek, mamlakat Superkubogida zafar quchgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!