Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahrida yo‘nalishlar tarmog‘ini maqbullashtirish, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida ayrim avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar qildi.

Qayd etilishicha, 11-maydan boshlab 12-avtobus saroyi filialiga biriktirilgan 40-sonli Sergeli mavzesi 12-daha—Toshkent vokzali avtobus yo‘nalishining harakati Qipchoq ko‘chasidan yangi qurib bitkazilgan Choshtepa (avvalgi Fayzli ko‘chasi), Obihayot, Yangi Sergeli yo‘li ko‘chalari orqali va o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki taraflama tashkil etiladi.

Shuningdek, xuddi shu avtobus saroyi filialiga biriktirilgan 75-sonli Toshkent metallurgiya zavodi—Oqtepa maydoni avtobus yo‘nalishining harakati “Surum” mahallasi so‘nggi bekatidan 4R21 Toshkent aylanma yo‘li, Chortoq, Qanora, Mag‘rib, Davlatobod, Qo‘rg‘ontepa, Qipchoq, Yangi Sergeli yo‘li, Obihayot, yangi qurib bitkazilgan Choshtepa (avvalgi Fayzli ko‘chasi), Qatortol ko‘chalari orqali va o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki taraflama tashkil etiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Elektr ta’minotidagi uzilishlarga ko‘p duch keldim” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT-mutaxassis taassurotlari
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Volodin boshchiligidagi Rossiya parlament delegatsiyasini qabul qildi (foto)
Dunyo
Saakashvilining organizmida margimush topildi — advokat