Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Shavkat Mirziyoyev 3-may kuni Toshkent shahrida yangi ochilgan ko‘prik va yo‘llarni borib ko‘rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, transport inshootlarining qurilishi 2020-yil avgustda boshlangan. Loyiha doirasida 6,5 kilometr uzunlikdagi 6 tasmali avtomobil yo‘li, 6 ta ko‘prik qurilgan. Bu orqali Sergeli tumanidagi Qipchoq ko‘chasi Yakkasaroy tumanidagi Cho‘ponota va Usmon Nosir ko‘chalari bilan samarali bog‘langan.

Shu paytgacha Sergeli tumanidan shahar markaziga kelib-ketadigan avtomobillar asosan bitta yo‘l – Yangi Sergeli ko‘chasi orqali harakatlangan. 4 mingta avtotransport qatnoviga mo‘ljallangan bu yo‘lda yuklama katta bo‘lib, shu bois ertalab va kechki paytlarda juda tirband bo‘lgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yangi qurilgan yo‘l soatiga 12 mingtagacha avtotransportni o‘tkazish quvvatiga ega. Bu tirbandlik muammosini bartaraf etib, poytaxt aholisiga juda katta qulaylik yaratadi.

Ko‘priklar, ularga chiqish-tushish qismlari oqilona loyihalashtirilib, mavjud yo‘llarga svetoforsiz ulangan. Natijada avtotransportlar boshqa yo‘llardagi qatnovga to‘xtovsiz, qulay tarzda qo‘shilib ketishi mumkin. Yangi yo‘l ochilishi natijasida havoga zararli gaz chiqishi 3 barobarga kamayadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yo‘l bo‘ylariga energiya tejamkor yoritgichlar, uzum ishkomlari o‘rnatilgan. Bo‘sh maydonlar ko‘kalamzorlashtirilib, piyodalar yo‘lagi va veloyo‘lakchalar tashkil etilgan.

Shu yerda Toshkent shahrida avtomobil yo‘llari qurish va shahar transport tizimini takomillashtirish takliflari taqdimoti o‘tkazilgan. Ochilgan yo‘lni davom ettirib, Sergeli tumanini aylanib o‘tuvchi halqa yo‘ligacha 6 kilometrlik yo‘l barpo etish loyihasi ma’qullangan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari yo‘llarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirishga ko‘proq e’tibor qaratish zarurligini ta’kidlagan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Hamma joyda yo‘l qurib yoki kengaytirib bo‘lmaydi. Ko‘p narsa qatnovni to‘g‘ri tashkil etishga ham bog‘liq. Endi yo‘llarning, chorrahalarning o‘tkazuvchanligini oshirish, raqamlashtirish orqali aholiga qulaylik yaratish kerak”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident shu yerda toshkentlik nuroniylar, jamoatchilik faollari bilan suhbatlashgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Milliy qadriyatimizga ko‘ra, yo‘l va ko‘prik qurish — savob. Odamlarning uzog‘ini yaqin qiladigan bu yo‘l hozirgi ulug‘ ayyom kunlarida ochilayotgani ham quvonarli. Ilgari Sergelida 10 ta uy qursa bo‘ladimi deganda hech kim ishonmasdi. Oxirgi besh yilda Sergeli va Yangihayot tumanlarida 800 ga yaqin ko‘p qavatli uylar qurildi, qariyb 100 ming aholi boshpanali bo‘ldi. Mana endi yo‘llari ham rivojlanyapti. Hozir mutaxassislar bilan keyingi loyihalar bo‘yicha ham maslahatlashib oldik. Ularni vaqti bilan, mehnatimiz bilan, tinchlik-osoyishtalikda amalga oshira olamiz”, — degan davlat rahbari.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Chiqib keting, bu zalda o‘tirishga haqqingiz yo‘q” — minglab gektar yer noqonuniy ajratilishi ortidan Asaka tumani hokimi ishdan olindi
Mahalliy
“Janob Mo‘minov, yozmasangiz ham bo‘ladi. Kitobchangizni yoping, ruchkangizni kissangizga soling” — Farg‘ona tumani hokimi ishdan bo‘shatilib, guvohnomasi olib qo‘...
Mahalliy
“Binodan sharmanda qilib chiqarib yuborilsin” — Paxtaobod tumani hokimi Elyor Usmonov ishdan haydaldi