Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 8-turidan o‘rin olgan uchta o‘yin 11-may, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Navbahor”

Foto: “Navbahor”

“OKMK” jamoasi “Qizilqum”ga qarshi bahs yuritib, yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Martin Boakye, Sardor Rahmonov, Siyavash Haqnazari va Xurshid G‘iyosovning gollariga navoiyliklar Pol Komolafening aniq zarbasi bilan javob qaytardi.

“Navbahor” esa safarda “Dinamo” bilan kuch sinashdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Rustam Ashurmatov tomonidan kiritilgan to‘p o‘yin taqdirini hal qildi.

Yana bir o‘yin “Lokomotiv” va “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘rtasidagi kechdi. 19-daqiqada Anvar Hojimirzayev qo‘qonliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim debyutida Xurshid Muxtorov muvozanatni tikladi. 90+4-daqiqada Javohir Siddiqov mehmonlarning g‘alaba to‘pini kiritdi.

11-may kungi o‘yinlardan keyin musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni oldi:

Foto: PFL

Foto: PFL

Superliga

8-tur bahslari

11-may, chorshanba

“Qizilqum” — “OKMK” 1:4

Gollar: 0:1 – 45+2 Martin Boakye, 0:2 – 53 Sardor Rahmonov, 1:2 – 55 Pol Komolafe, 1:3 – 82 Siyavash Haqnazari, 1:4 – 90+7 Xurshid G‘iyosov.

“Dinamo” — “Navbahor” 0:1

Gol: 0:1 – 90+2 Ashurmatov.

“Lokomotiv” — “Qo‘qon-1912” 1:2

Gollar: 0:1 – 19 Anvar Hojimirzayev, 1:1 – 58 Xurshid Muxtorov, 1:2 – 90+4 Javohir Siddiqov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Elektr ta’minotidagi uzilishlarga ko‘p duch keldim” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT-mutaxassis taassurotlari
Dunyo
“Sirli odam” — Murali Lal Jalanning Minerva City bo‘yicha intervyusi bahslarga sabab bo‘lmoqda. Lal Jalan aslida kim?
Sport
Bobur Abduxoliqov Belarusda mavsumning eng yaxshi to‘purari va eng yaxshi futbolchisi sovriniga ega chiqdi